Andijonda “Jannat onalar oyog‘i ostida” filmidan ruxsatsiz foydalangan prorektor jarimaga tortildi
Qirg‘iz kinoijodkorlari ishlagan filmni faollar zalida talabalarga qo‘yib bergan Andijon davlat universiteti prorektori mualliflik huquqini va turdosh huquqlarni buzganlikda aybdor deb topildi. Unga sud qarori bilan 340 ming so‘m jarima jazosi qo‘llandi.
Andijon viloyatida Qirg‘iziston ijodkorlari tomonidan suratga olingan “Jannat onalar oyog‘i ostida” filmidan ruxsatsiz foydalangan universitet prorektori jarimaga tortildi. Mazkur ish 13 may kuni jinoyat ishlari bo‘yicha Andijon shahar sudida ko‘rib chiqilgan.
Sud hujjatida keltirilishicha, Andijon davlat universitetining yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha prorektori Xurshidbek Xojamberdiyev 2024 yil 29 aprel kuni “Jannat onalar oyog‘i ostida” filmini muallifning ruxsatisiz faollar zalida yotoqxona talabalariga namoyish etgan. Prorektor sudda qilmishidan pushaymonligini bildirib, yengillik berishni so‘ragan.
Sud qarori bilan Xurshidbek Xojamberdiyev Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 177-1-moddasi 1-qismida nazarda tutilgan huquqbuzarlikni sodir etganlikda aybli deb topilgan. Unga bazaviy hisoblash miqdorining 1 baravari miqdorida (340 ming so‘m) jarima jazosi tayinlangan.
Eslatib o‘tamiz, qirg‘izistonlik rejissyor Ruslan Akunning “Jannat onalar oyog‘i ostida” filmi hali premerasi O‘zbekiston kinoteatrlarida hali tugamay turib, ijtimoiy tarmoqlarda tarqalib ketgan edi. Bu esa jamoatchilik orasida e’tirozlarga sabab bo‘lgandi.
- MJtKning 177-1-moddasi 1-qismiga ko‘ra, asarlardan yoki turdosh huquqlar obektlaridan qonunga xilof ravishda foydalanish, xuddi shuningdek asarlarning yoki turdosh huquqlar obektlarining kontrafakt nusxalarini takrorlash, tarqatish, barchaning e’tiboriga yetkazish yoxud asarlarning yoki turdosh huquqlar obektlarining nusxalarida ularning tayyorlovchilari haqida, ularni ishlab chiqarish joylari to‘g‘risida, shuningdek mualliflik huquqining va turdosh huquqlarning egalari haqida yolg‘on axborotni ko‘rsatish huquqbuzarlik sodir etish qurollarini musodara qilib, fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining 1 baravaridan 5 baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa 5 baravaridan 10 baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
Mavzuga oid
11:09 / 08.11.2024
Andijonda kottejlar qurish uchun yer hujjatini rasmiylashtirib berish evaziga 230 ming dollar talab qilgan shaxs ushlandi
14:41 / 06.11.2024
5 sotix yerni fuqaroga rasmiylashtirib bermoqchi bo‘lgan ekologiya bo‘limi bosh inspektori 20 ming dollar bilan ushlandi
16:17 / 02.11.2024
Andijonda ishchidan alimentdan qarzini ushlab qolmagan fermer jarimaga tortildi
11:52 / 02.11.2024