Iqtisodiyot | 14:09 / 21.05.2024
4485
1 daqiqa o‘qiladi
26 mlrd dollar miqdoridagi investitsiya loyihalarini amalga oshirish choralari tasdiqlandi
Prezident tomonidan “Uchinchi Toshkent xalqaro investitsiya forumi va Xorijiy investorlar kengashining navbatdagi yig‘ilishi doirasida erishilgan kelishuvlarning ijrosini ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaror qabul qilindi.
Uchinchi Toshkent xalqaro investitsiya forumi va Xorijiy investorlar kengashining yig‘ilishi doirasida 26 mlrd AQSh dollaridan ziyod miqdordagi investitsiya loyihalarini amalga oshirish bo‘yicha kelishuvlarga erishilgan.
Kelishuvlarni amalga oshirilishini ta’minlash maqsadida hujjat bilan:
- Uchinchi Toshkent xalqaro investitsiya forumi doirasida erishilgan investitsiya bitimlari va kelishuvlarni amalga oshirish bo‘yicha amaliy harakatlar rejasi;
- Uchinchi Toshkent xalqaro investitsiya forumida ilgari surilgan takliflar va tashabbuslarni amalga oshirish bo‘yicha amaliy harakatlar rejasi;
- Prezident huzuridagi Xorijiy investorlar kengashining ikkinchi yalpi majlisida ilgari surilgan takliflar va tashabbuslarni amalga oshirish bo‘yicha amaliy harakatlar rejasi tasdiqlanmoqda.
Investitsiyalar vazirligiga topshiriqlarni bajarilishi yuzasidan axborotni prezident administratsiyasi va Vazirlar Mahkamasiga kiritib borish yuklatilmoqda.
Mavzuga oid
15:30
Moskva Rossiya bozorini tark etgan xorijliklar uchun to‘lovni oshirmoqchi
22:19 / 28.08.2024
Berkshire Hathaway kapitallashuvi birinchi marta 1 trillion dollardan oshdi
07:07 / 23.08.2024
“Tashabbusli budjet”da g‘olib loyihalarni moliyalashtirishga 2 trln so‘mdan ortiq mablag‘ yo‘naltiriladi
16:00 / 22.08.2024