Saida Mirziyoyeva va Komil Allamjonov AQSh davlat kotibi o‘rinbosari bilan uchrashdi
Uzra Zeya bilan uchrashuvda xotin-qizlar huquqlarini himoya qilish, OAV va so‘z erkinligi masalalari muhokama qilindi.
O‘zbekiston prezidenti yordamchisi Saida Mirziyoyeva va Prezident administratsiyasi Axborot siyosati departamenti rahbari Komil Allamjonov 22 may kuni AQSh davlat kotibi o‘rinbosari Uzra Zeya boshchiligidagi AQSh delegatsiyasi bilan uchrashdi.
«Amerika tomoni xotin-qizlar huquqlarini himoya qilish, OAV va so‘z erkinligini ta’minlash, shuningdek, fuqarolik jamiyati hamda NNT faoliyati samaradorligini oshirish borasida mamlakatimizda olib borilayotgan sa’y-harakatlarni to‘liq qo‘llab-quvvatlashga tayyorligini bildirdi», deyiladi xabarda.
Eslatib o‘tamiz, Saida Mirziyoyeva va Komil Allamjonov bir hafta avval AQShning O‘zbekistondagi elchisi bilan uchrashgan edi.
Mavzuga oid
23:13 / 21.09.2024
Harris saylov kampaniyasida Trampdan uch barobar ko‘p mablag‘ to‘pladi - OAV
20:40 / 21.09.2024
Shimoliy Koreyaga qochib o‘tgan amerikalik askar sharmandalarcha armiyadan haydalgani ma’lum bo‘ldi
17:10 / 21.09.2024
AQShda “politsiyachi” robot jinoyatchini tutib berdi
16:27 / 21.09.2024