Jamiyat | 21:56 / 23.05.2024
23436
1 daqiqa o‘qiladi

Jizzaxda tez yordam mashinasi piyodalar yo‘lakchasidan o‘tayotgan ayolni urib yubordi

Piyodalar yo‘lakchasini ayol bilan birga bir qiz ham kesib o‘tayotgan bo‘lgan va tez tibbiy yordam mashinasi faqat ayolni urib ketgan.

Jizzaxda tez tibbiy yordam mashinasi piyodalar yo‘lakchasidan o‘tayotgan ayolni urib yuborgan. Viloyat IIB YHXB axborot xizmatining xabar berishicha, hodisa 2024 yil 23 may kuni soat 8:30 larda sodir bo‘lgan.

Tez tibbiy yordam mashinasi Jizzax shahrining Qassoblik mahallasidan o‘tuvchi yo‘lda harakatlanib ketayotib piyodalar yo‘lakchasidan o‘tayotgan 48 yoshli ayolni urib yuborgan.

Oqibatda ayol og‘ir tan jarohatlari olgan va Respublika shoshilinch tez tibbiy yordam ilmiy markazi Jizzax viloyati filialining jonlantirish bo‘limiga yotqizilgan.

Ijtimoiy tarmoqlarda hodisa tasvirlangan video tarqaldi. Unda ayol va yana bir qiz piyodalar yo‘lakchasini kesib o‘tayotganda juda katta tezlikda kelgan tez tibbiy yordam mashinasi ayolni urib ketganini ko‘rish mumkin.

Mavzuga oid