Makron tartibsizliklar kuzatilayotgan Yangi Kaledoniyaga bordi
Yangi Kaledoniyaning ko‘plab mahalliy aholisi fransuz ko‘chmanchilarining ta’siri kuchayishidan xavotirda. Fransiyaning xorijdagi ushbu hududida bir haftadan beri keng ko‘lamli tartibsizliklar davom etmoqda.
Fransiya prezidenti Emmanuel Makron Yangi Kaledoniyaga ushbu hududda so‘nggi 40 yil ichidagi eng jiddiy tartibsizliklar fonida keldi. «Men tinchlikni tiklashda hamma narsani qilishga qat’iy qaror bilan keldim - hurmat, kamtarlik va qurbonlarni xotirlash uchun. Mening maqsadim vazirlar va butun hukumat bilan birgalikda xalqni qo‘llab-quvvatlash va barcha guruhlar bilan Yangi Kaledoniya kelajagini muhokama qilish», dedi u 23 may, payshanba kuni Yangi Kaledoniya ma’muriy markazi, Noumea shahriga yetib kelganida.
Makronning so‘zlariga ko‘ra, «qarorlar qabul qilinadi va hammaga ochiqlanadi». Ayni paytda prezident atrofidagilar Makronning aniq rejasi yo‘qligini va katta siyosiy qarorlar kutilmayotganini aytishmoqda. Makronga, jumladan, Fransiya ichki ishlar va mudofaa vazirlari Jyerald Darmanen va Sebasten Lekornyu hamrohlik qilmoqda.
Yangi Kaledoniyada tartibsizliklar
Yangi Kaledoniyada o‘tgan haftada saylov tizimi islohotiga qarshi ommaviy norozilik namoyishlari chog‘ida 6 kishi halok bo‘ldi, tartibsizliklar va avtomobillarni yoqishlar davom etmoqda. Fransiya Yangi Kaledoniyaga qo‘shimcha uch ming politsiyachi yubordi.
Emmanuel Makronning ta’kidlashicha, Yangi Kaledoniya politsiyasi qancha vaqt kerak bo‘lsa, shuncha tayyor holatda bo‘ladi. «Yaqin kunlarda, agar kerak bo‘lsa, tartibni to‘liq tiklash uchun yangi keng ko‘lamli tadbirlar o‘tkaziladi, chunki boshqa chora yo‘q», - dedi u.
Yangi Kaledoniyada tartibsizliklar tufayli minglab sayyohlar qolib ketdi. Fransiya, Avstraliya va Yangi Zelandiya o‘z fuqarolarini zudlik bilan evakuatsiya qilishni tashkillashtirdi. Germaniya Tashqi ishlar vazirligi, agar zarurat bo‘lmasa, Yangi Kaledoniyaga sayohat qilmaslikni tavsiya etdi.
Saylov tizimi islohoti
Namoyishchilar uzoq Parijda amalga oshirilgan saylov islohoti Yangi Kaledoniya 270 000 aholisining 40 foizini tashkil etuvchi kanak aborigenlari ta’sirini kamaytiradi, deb xavotirda, chunki bu hududda kamida o‘n yil yashagan fransuzlar saylovda ovoz berish huquqiga ega bo‘lishi mumkin.
Fransiya 1853 yilda Yangi Kaledoniya ustidan nazorat o‘rnatdi va 1946 yilda mustamlakaga fransuzlarning xorijdagi hududi maqomini berdi. Yangi Kaledoniya dunyodagi uchinchi yirik nikel ishlab chiqaruvchisi, ammo ishlab chiqarish inqirozda va hudud aholisining beshdan bir qismi qashshoqlikda yashaydi.
Mavzuga oid
17:50 / 06.11.2024
Makron Tramp g‘alabasidan keyin Fransiya va Germaniya maqsadlarini aytdi
12:44 / 11.10.2024
Zelenskiy Parijda Makron bilan Ukrainaning «g‘alaba rejasi»ni muhokama qildi
11:20 / 07.09.2024
Shols va Makron Ukrainani qo‘llab-quvvatlashni davom ettirishga va’da berdi
08:27 / 30.08.2024