O‘zbekiston | 11:15 / 23.05.2024
2382
1 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri AQSh davlat kotibi o‘rinbosari bilan uchrashdi

O‘zbekiston va AQSh o‘rtasidagi yaqin hamkorlikni barcha sohalarda boyitishga kelishib olindi.

Foto: "Dunyo" AA / Anvar Ilyosov

O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov TIVda AQSh davlat kotibi o‘rinbosari Uzra Zeya bilan uchrashdi.

"Vazirlikda AQSh davlat kotibi o‘rinbosari Uzra Zeya xonim bilan uchrashdik", – deb yozdi O‘zbekiston TIV rahbari o‘zining Telegram-kanalida. 

Ikki tomonlama kun tartibidagi qator dolzarb masalalar muhokama qilindi.

O‘zbekiston va AQSh o‘rtasidagi yaqin hamkorlikni barcha sohalarda boyitish, ayniqsa, xalq uchun eng qulay shart-sharoitlar yaratishga qaratilgan sa’y-harakatlarni davom ettirishga kelishib olindi.

Mavzuga oid