Qum-shag‘al aralashmasini noqonuniy qazib olganlar davlatga qariyb 450 mln so‘m zarar yetkazdi
MChJ mas’ul shaxslari 9,3 ming kub hajmdagi qum-shag‘al aralashmasini o‘zboshimchalik bilan qazib olib, davlat va jamiyat manfaatlariga 448,9 mln so‘m zarar yetkazgan.
Samarqand tumanida qum-shag‘al aralashmasini o‘zboshimchalik bilan qazib olish holati aniqlandi.
Prokuratura departamenti xabariga ko‘ra, Bosh prokuratura huzuridagi departamentning Samarqand tuman bo‘limi tomonidan tergovga qadar tekshiruv o‘tkazilgan.
“X.G.” MChJ mas’ul shaxslari 9,3 ming kub hajmdagi qum-shag‘al aralashmasini o‘zboshimchalik bilan qazib olib, davlat va jamiyat manfaatlariga 448,9 mln so‘m zarar yetkazgan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 192-11-moddasi (nodavlat tijorat tashkilotida yoki boshqa nodavlat tashkilotida mansabdor shaxslar tomonidan o‘z vakolatlarini suiiste’mol qilish) va 229-moddasi (o‘zboshimchalik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Mavzuga oid
09:54 / 20.09.2024
Samarqandda qizlarni O‘mon davlatiga fohishalikka jo‘natgan ayollarga sud hukmi o‘qildi
12:16 / 14.09.2024
Samarqandda OIIB boshqaruvchilar kengashi yillik yig‘ilishi o‘tkaziladi
17:12 / 13.09.2024
Samarqandda maktabda qarta o‘ynagan direktor ishdan olindi
22:29 / 12.09.2024