O‘zbekiston | 09:16 / 25.05.2024
14801
1 daqiqa o‘qiladi
Navoiyda dars paytida cho‘milishga borgan o‘quvchi cho‘kib ketdi
Hozirda holat yuzasidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
Navoiy viloyati Karmana tumanida dars paytida cho‘milishga borgan o‘quvchilardan biri cho‘kib ketgan. Bu haqda viloyat Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi xabar bermoqda.
Ma’lum bo‘lishicha, Karmana tumanidagi 30-maktabning 6-sinf o‘quvchilari 24 may kuni dars vaqtida cho‘milishga borgan. Shu yerda o‘quvchilardan biri suvga cho‘kib halok bo‘lgan.
“Hozirda holat yuzasidan huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda. Natijasi bo‘yicha qo‘shimcha ma’lumot beriladi”, deyiladi xabarda.
Mavzuga oid
09:52 / 11.09.2024
Ayol kishining suratlarini internetga qo‘yib intim xizmatlar taklif qilgan shaxs ushlandi
17:21 / 09.09.2024
“10 kunda 300 ming so‘mni 1 mln qilib qaytarasan” – Andijonda o‘quvchi maktabdoshini kaltakladi
15:13 / 09.09.2024
Navoiyda ikki o‘quvchining umriga zomin bo‘lgan haydovchi 5 yilga qamaldi
16:47 / 07.08.2024