«Ayanchli xato bo‘ldi» – Netanyahu Rafahdagi noharbiy obektga zarba berilganini tan oldi
Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyahu TsAXAL G‘azodagi Rafah shahrida noharbiy binoga zarba berganini tan oldi. Bu zarba oqibatida qochoqlar lagerida yong‘in chiqqan va kamida 45 kishi halok bo‘lgandi.
Dushanba kuni Isroil parlamentida chiqish qilgan Netanyahu Rafahga raketa zarbasi berilayotganda «ayanchli xatoga yo‘l qo‘yilgani»ni tan oldi. U aynan qanday xato ekani haqida gapirmadi, lekin holat tekshirilayotganini aytdi.
«Tinch aholi vakillariga zarar yetkazmaslik bo‘yicha qilayotgan ishlarimizga qaramay, kecha tunda ayanchli xato sodir bo‘ldi. Holatni tekshiramiz va xulosa qilamiz. Bizning siyosatimiz shunaqa», dedi Netanyahu.
27 mayga o‘tar kechasi berilgan raketa zarbasi oqibatida qochoqlar yashayotgan chodirlar yonayotgani tasvirlangan kadrlar o‘sha vaqtdayoq tarqalgandi. Keyinroq TsAXAL zarba aniq razvedka ma’lumotiga asoslanib berilgani, bu HAMAS obekti ekani haqida bayonot berdi.
Isroil harbiylari bergan bayonotda zarba tinch aholiga zarar yetkazmagani, aksincha HAMASning ikki nafar yuqori martabali harbiysini o‘ldirgani aytilgandi. Ammo tinch aholi vakillari o‘lganini isbotlovchi kadrlar tarqalib, xalqaro hamjamiyat zarbani qoralay boshlagach, isroillik harbiylar ham tekshiruv boshlaganini aytib chiqishdi.
Seshanba kuni Isroilning Rafahga ajalvor zarbasidan keyin BMT xavfsizlik kengashi favqulodda yig‘ilish o‘tkazdi. Yopiq eshiklar ortidagi uchrashuvni xavfsizlik kengashining vaqtincha a’zosi Jazoir chaqirtirgan.
Mavzuga oid
12:00 / 11.12.2024
Netanyahu korrupsiya bo‘yicha ish yuzasidan sudda ko‘rsatma berishni boshladi
16:39 / 10.12.2024
Isroilda bosh vazir Binyamin Netanyahu ustidan sud jarayoni boshlandi
21:41 / 26.11.2024
Netanyahuni qamash buyurildi. Bu Isroilga qurol yetkazilishiga to‘siq bo‘la oladimi?
15:13 / 23.11.2024