O‘zbekiston | 11:04 / 28.05.2024
9250
6 daqiqa o‘qiladi

Qo‘qon universitetida 2024/2025 o‘quv yili uchun qabul davom etmoqda

Qo‘qon universiteti

Qo‘qon shahri markazidagi Qo‘qon universiteti o‘z talabalariga zamonaviy va innovatsion texnologiyalardan foydalangan holda, xalqaro ta’lim standartlariga mos keluvchi o‘quv dasturlar orqali ta’lim berib, ularni nafaqat mamalakatimizning, balki dunyoning turli jabhalari talablariga javob beradigan yetuk, malakali mutaxassis kadrlar tayyorlashni o‘z oldiga maqsad qilib qo‘ygan.

Qo‘qon universiteti 100 ga yaqin universitetlar bilan hamkorlik aloqalarini o‘rnatgan bo‘lib, talabalar almashinuv dasturlari orqali xalqaro grantlarni qo‘lga kiritib, Bolgariya, Janubiy Koreya, Finlandiya, Germaniya kabi xorijiy davlatlarda amaliyot o‘tab, ta’lim olishmoqda.

“Qo‘qon universiteti” bilan birga quyidagi afzalliklarga ega bo‘ling: 

100% gacha grant yutib oling! Kirish imtihonlarida eng yuqori ball to‘plab o‘qishga qabul qilingan birinchi bosqich talabalariga, o‘quv yili yakunlari bo‘yicha o‘zlashtirish ko‘rsatkichlari va erishilgan ilmiy yutuqlarga asosan ikkinchi va undan yuqori bosqich talabalariga hamda respublika va xalqaro fan olimpiadalarining 1-3-o‘rin g‘oliblariga to‘lov-kontrakt shartnomasidan 100 foizgacha chegirmalar berishni nazarda tutadi.

To‘rt yilda 2 ta mutaxassislikni qo‘lga kiriting! Universitetdagi mavjud o‘quv rejalari va o‘qish jarayonlari kredit-modul tizimi asosida ishlab chiqilgan bo‘lib, talabalarga 2 ta mutaxassislik olish imkoniyatini yaratadi. Talaba asosiy ta’lim yo‘nalishida tahsil olishi bilan birga qo‘shimcha ravishda ikkinchi qiziqqan kasbning ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha ham fan (modul)larni o‘qishi va muvaffaqiyatli o‘zlashtirishi natijasida ikkita kvalifikatsiyaga ega bo‘lishi mumkin. Bunda o‘quv jarayonlari bakalavriat ta’lim yo‘nalishi (4 yil)ga ajratilgan jami 240 akademik kredit hajmida amalga oshiriladi.

Bakalavriat ta’lim yo‘nalishida tahsil oladigan talabalar uchun nufuzli xorijiy oliy ta’lim muassasalarida o‘qishni davom ettirish, akademik mobillik dasturlari (talabalar va professor-o‘qituvchilar almashinuvi) hamda qo‘shma ta’lim dasturlari (1+3, 2+2, 3+1) asosida amalga oshirish imkoniyatlarini nazarda tutadi.

Universitetning kunduzgi ta’lim shaklida quyidagi ta’lim yo‘nalishlari mavjud:

– 60111800 – Xorijiy til va adabiyoti: ingliz tili – o‘zbek;

– 60111800 – Xorijiy til va adabiyoti: ingliz tili – rus;

– 60110500 – Boshlang‘ich ta’lim – o‘zbek;

– 60110200 – Maktabgacha ta’lim – o‘zbek;

– 60310900 – Psixologiya (faoliyat turlari bo‘yicha) – o‘zbek;

– 60310100 – Iqtisodiyot (tarmoqlar va sohalar bo‘yicha) – o‘zbek;

– 60310100 – Iqtisodiyot (tarmoqlar va sohalar bo‘yicha) – rus; 

– 60410400 – Moliya va moliyaviy texnologiyalar – o‘zbek;

– 60610500 – Kompyuter injiniringi – o‘zbek;

– 61010400 – Turizm (faoliyat yo‘nalishlari bo‘yicha) – o‘zbek.

Onlayn ro‘yxatdan o‘tish uchun: https://qabul.kokanduni.uz

Ishlab chiqarishdan ajralmagan holda masofaviy ta’lim shakli bo‘yicha quyidagi yo‘nalishlarga hujjatlar qabul qilinadi:

– 60110500 – Boshlang‘ich ta’lim – o‘zbek; 

– 60110200 – Maktabgacha ta’lim – o‘zbek;

– 60310900 – Psixologiya (faoliyat turlari bo‘yicha) – o‘zbek

– 60310100 – Iqtisodiyot (tarmoqlar va sohalar bo‘yicha) – o‘zbek;

– 60410400 – Moliya moliyaviy texnologiyalar – o‘zbek; 

– 60610500 – Kompyuter injiniringi – o‘zbek.

Onlayn ro‘yxatdan o‘tish uchun: https://qabul.kokanduni.uz

Shuningdek, “Maktabgacha ta’lim” yo‘nalishi bo‘yicha o‘rta, o‘rta maxsus, kasb-hunar ma’lumotiga ega, maktabgacha ta’lim tashkilotlarida kamida 3 yillik amaliy ish staji (pedagogik staj) hamda ishlab turgan soha tashkilotlaridan berilgan tavsiyanomaga ega bo‘lgan abituriyentlar masofaviy ta’lim shakli uchun qabul qilinadilar. 

Qabul uchun kerakli hujjatlar:

Pasport yoki ID-karta;

O‘rta, o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasasini tugatganligi haqidagi hujjat (ilovasi bilan);

Mehnat daftarchasidan ko‘chirma;

Maktabgacha ta’lim tashkiloti va Maktabgacha ta’lim bo‘limi tavsiyanomasi.

Onlayn ro‘yxatdan o‘tish uchun: http://msqabul.kokanduni.uz

Magistratura bo‘yicha quyidagi mutaxassisliklariga hujjatlar qabul qilinadi:

– 70110103 – Ta’lim muassasalarining boshqaruvi;

– 70110201 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (maktabgacha ta’lim).

Hujjatlar offlayn tarzda qabul qilinadi.

Ikkinchi oliy ta’lim bo‘yicha quyidagi havola orqali hujjatlar qabul qilinadi: https://ikkinchitalim.kokanduni.uz

Batafsil ma’lumotlar bilan muassasa rasmiy sahifalarida tanishing:

Rasmiy veb-sayt: kokanduni.uz

Telefonlar: +99873 545-55-55, +99873 545-44-44

Telegram: t.me/kokanduni

Instagram: @kokanduniversity_official

Facebook: fb.com/kokanduniversity

Manzil: Qo‘qon shahri, Turkiston ko‘chasi, 28-a uy.

Reklama

 

Mavzuga oid