Tanzila Norboyeva Ozarboyjon elchisi bilan uchrashdi
Senat raisi Guseyn Guliyev bilan O‘zbekiston va Ozarboyjon parlamentlari o‘rtasidagi munosabatlarni muhokama qildi.
29 may kuni Oliy Majlis Senati raisi Tanzila Norboyeva Ozarboyjonning O‘zbekistondagi favqulodda va muxtor elchisi Guseyn Guliyevni qabul qildi.
Qayd qilinishicha, tomonlar O‘zbekiston hamda Ozarboyjon o‘rtasidagi hamkorlik rivojlanib borayotganini alohida ta’kidladi.
Shunigdek, muloqot chog‘ida mamlakatlar o‘rtasidagi savdo-iqtisodiy, madaniy-gumanitar va parlamentlararo aloqalarning bugungi holati va istiqbollari yuzasidan ham fikr almashilgan.
«O‘zbekiston va Ozarboyjon parlamentlari o‘rtasida shakllangan munosabatlarning bugungi kundagi yuqori darajasidan kelib chiqib, kelgusi rejalar muhokama qilindi», deyiladi Senat xabarida.
Mavzuga oid
18:19
Tadbirkordan yagona ro‘yxatga kiritilmagan hisobotni talab qilish jarimaga sabab bo‘ladi
11:36 / 20.09.2024
Boysundagi konda halok bo‘lgan xodimlarning oilalari tashlab qo‘yilmaydi - Tanzila Norboyeva
09:50 / 20.09.2024
Toshkentda O‘zbekiston-Ozarboyjon maslahatlashuvlari bo‘lib o‘tdi
07:20 / 19.09.2024