Jamiyat | 10:34 / 01.06.2024
2121
1 daqiqa o‘qiladi

Fuqaroni 50 ming dollar evaziga AQShga yubormoqchi bo‘lgan shaxs ushlandi

Samarqandda fuqaroni AQShga ishga yuborishni va’da qilib, firibgarlik yo‘li bilan pul olgan shaxs ushlandi.

Foto: O‘zA

DXX Samarqand viloyati boshqarmasi hamda viloyat IIB xodimlari hamkorligida noqonuniy migratsiyaning oldini olish, firibgarlarning qonunga xilof harakatlariga chek qo‘yish yuzasidan tezkor tadbir o‘tkazildi.

Aniqlanishicha, fuqaro I.S. mahalliy fuqaro Sh.M.ga o‘zining tanishlari orqali AQShga kirish vizasi tayyorlab berishi va u yerda yaxshi ish o‘rinlari bilan ta’minlashni va’da qilib, bu xizmati evaziga 50 ming dollar so‘ragan. 

Samarqand shahrida o‘tkazilgan tezkor tadbir chog‘ida fuqaro I.S. 45 ming 600 dollar miqdoridagi pulni firibgarlik yo‘li bilan olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan qo‘lga olindi.

Mazkur holat yuzasidan I.S.ga nisbatan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Mavzuga oid