O‘zbekiston | 12:49 / 01.06.2024
3886
2 daqiqa o‘qiladi

Prezident: Buxorodagi 30 ta tarixiy yodgorlikka e’tibor sustligi uchun ularga sayyohlar bormayapti 

Imom al-Buxoriy, Abbos Aliyev va Muxtor Ashrafiy obidalariga tutash hududlar, dehqon bozori va ming yillik tarixga ega Buxoro darvozasi, Ismoil Somoniy maqbarasi, istirohat bog‘i va sun’iy ko‘lni jozibador turizm majmuasiga aylantirish muhimligi ta’kidlandi.

Foto: Prezident matbuot xizmati

Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida Buxoro viloyatini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish masalalari yuzasidan videoselektor yig‘ilishi o‘tkazilmoqda.

Buxoroga xorijdan 5 million turist kelishi uchun katta zamin hozirlanmoqda. Lekin, viloyatdagi 30 ta tarixiy yodgorlikka e’tibor sustligi uchun ularga sayyohlar bormayapti.

Shu munosabat bilan Imom al-Buxoriy, Abbos Aliyev va Muxtor Ashrafiy obidalariga tutash hududlar, dehqon bozori va ming yillik tarixga ega Buxoro darvozasi, Ismoil Somoniy maqbarasi, istirohat bog‘i va sun’iy ko‘lni jozibador turizm majmuasiga aylantirish muhimligi ta’kidlandi.

“Chor Minor” va “Isteza” madrasalari, “Samarqand” va “Darvozai Salloxona” darvozalari, “Masjidi Kalon” kabi obektlarni drenaj tizimini ta’mirlashga 35 milliard so‘m ajratiladi.

Buxoro aeroporti turistlar oqimini 2 barobar oshirish rejasi uchun kichiklik qilmoqda. Kecha Buxoro tumanida hozirgidan 3 barobar ko‘p quvvatga ega 226 million dollarlik yangi zamonaviy xalqaro aeroport qurilishiga start berildi. Bu yerda haftasiga 100 ta reys yo‘lga qo‘yiladi.

Mavzuga oid