Narzulla Oblomurodov Toshkent davlat agrar universitetiga ishga o‘tkazildi
Narzulla Oblomurodov Toshkent davlat agrar universitetida ish boshladi.
Qishloq xo‘jaligi vazirligi xabariga ko‘ra, u universitetning o‘quv ishlari bo‘yicha prorektori lavozimiga tayinlandi.
Narzullo Oblomurodov 1975 yil Samarqand viloyati Urgut tumanida tug‘ilgan. 1996 yilda Toshkent Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetini, 2000 yilda Birminghem universitetini tamomlagan. Mutaxassisligi bo‘yicha olim-iqtisodchi, iqtisod fanlari nomzodi, dotsent.
2000 yildan O‘zbekiston oliy ta’lim tizimida faoliyat ko‘rsatgan, xususan, Toshkent moliya instituti, Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat institutida ilmiy xodim, kafedra mudiri, fakultet dekani lavozimlarida ishlagan.
Shuningdek, bank-moliya sohasida, davlat organlari tizimida, jumladan prezident administratsiyasi huzuridagi Fuqarolar huquqlarini himoya qilish, jismoniy va yuridik shaxslar murojaatlari bilan ishlashni nazorat qilish va muvofiqlashtirish xizmatida ham ishlagan.
U 2023 yilning iyul oyidan beri Toshkent moliya instituti ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektori lavozimida ishlab kelayotgandi.
Mavzuga oid
14:09 / 21.02.2024
O‘zbekiston va AQSh agrar sohada mutaxassislar tayyorlashga kelishib oldi
13:21 / 07.11.2023
Agrar sohadagi OTM litseyi bitiruvchilari ushbu OTMga test sinovisiz qabul qilinishi mumkin
14:20 / 09.06.2022
Agrar sohada xalqaro moliya institutlari hisobidan 400 mln dollarlik loyihalar ishga tushiriladi
10:26 / 02.03.2019