Janubiy Koreyaning O‘zbekistondagi yangi elchisi tayinlandi
Von Do Yon O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligida ishonch yorliqlari nusxalarini topshirdi.
Von Do Yon Janubiy Koreyaning O‘zbekistondagi yangi elchisi lavozimiga tayinlandi. 7 iyun kuni O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligida elchidan ishonch yorliqlari nusxalari qabul qilindi.
«Koreya Respublikasi prezidenti Yun Sok Yol janobi oliylarining mamlakatimizga bo‘lajak tashrifini intiqlik bilan kutmoqdamiz. Prezidentlar sammitiga tayyorgarlik ko‘rish, qo‘shma loyihalarni amalga oshirish, davlatlarimiz o‘rtasidagi an’anaviy yaqin aloqalarda yangi o‘sish nuqtalarini kashf etish masalalariga alohida e’tibor qaratdik. Janob elchiga O‘zbekistondagi faoliyati davomida muvaffaqiyatlar tilaymiz», deyiladi vazirlik xabarida.
Avvalroq, Janubiy Koreya prezidenti Yun Sok Yol O‘zbekiston, Turkmaniston va Qozog‘istonga davlat tashrifi bilan borishi haqida xabar berilgan edi.
Mavzuga oid
12:38
Alisher Abdusalomov Janubiy Koreya prezidentiga ishonch yorliqlarini topshirdi
00:08
Janubiy Koreya kosmosni tadqiq etish uchun planetoxod yaratish loyihasini ishga tushidi
18:54 / 09.11.2024
Seul: Shimoliy Koreya GPS-signallarni uzib, kemalar va aviatsiyaga xalaqit bermoqda
10:48 / 09.11.2024