Rossiya kompaniyasi O‘zbekistonga elektr energiyasi yetkazib berishni boshlashi mumkin
Rossiyaning «Inter RAO» energetika kompaniyasi O‘zbekistonga elektr yetkazib berishni rejalashtiryapti. Kompaniya kuzatuv kengashi raisi Aleksandra Paninaga ko‘ra, kuzgacha Qozog‘istonning O‘zbekiston energetika tizimiga qanday hajmlarni o‘tkazishi mumkinligiga aniqlik kiritiladi.
Rossiyaning «Inter RAO»(Rossiyadagi elektr energiyasi import-eksport bo‘yicha yagona operator) energetika kompaniyasi kuzda O‘zbekistonga elektr energiyasi yetkazib berishni boshlashi mumkin. Bu haqda kompaniya kuzatuv kengashi raisi Aleksandra Panina ma’lum qilgan.
«Rossiya elektr energiyasi kerak, u kuzgacha berilishi zarur bo‘ladi. Mening o‘ylashimcha, kuzgacha Qozog‘istonning rejalari O‘zbekiston energetika tizimiga qanday hajmlarni o‘tkazishi mumkinligi borasida aniqroq ishlab chiqiladi», - dedi u Sankt-Peterburg xalqaro iqtisodiy forumida.
Avvalroq, Rossiya energetika vaziri Sergey Tsivilev ham Rossiya va O‘zbekiston nafaqat gaz, balki elektr energiyasi yetkazib berishni sezilarli darajada oshirish bo‘yicha faol muzokaralar olib borayotganini aytib o‘tgandi.
Ma’lumot uchun, O‘zbekiston elektr energiyasini Turkmanistondan, yozda esa Qirg‘iziston va Tojikistondan import qiladi. Afg‘onistonga esa eksport amalga oshiriladi.
Mavzuga oid
20:55 / 02.11.2024
O‘zbekistonda elektr energiyasi va metan gazi olish uchun 8 ta chiqindi yoqish zavodi, 1 ta chiqindi poligoni quriladi
21:29 / 29.10.2024
Jizzaxda 8,6 mlrd so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalangan “metan zapravka” aniqlandi
00:36 / 19.10.2024
Kuba elektr energiyasidan butkul uzilib qoldi
23:32 / 18.10.2024