Jizzax viloyati hokimiga yangi o‘rinbosar tayinlandi
Sardor Shukurullayev turizm, madaniyat, madaniy meros va ommaviy kommunikatsiyalar masalalari bo‘yicha o‘rinbosar lavozimini egalladi.
Shukurullayev Sardor Shuxratovich Jizzax viloyati hokimining turizm, madaniyat, madaniy meros va ommaviy kommunikatsiyalar masalalari bo‘yicha o‘rinbosari etib tayinlandi.
U 1991 yilda tug‘ilgan. Ma’lumoti oliy, 2012 yilda O‘zbekiston xalkaro Islom akademiyasi (bakalavr) va 2014 yilda O‘zbekiston Milliy universitetini (magistratura) tamomlagan. Ma’lumoti bo‘yicha mutaxassisligi jahon iqtisodiyoti va xalqaro iqtisodiy munosabatlar, makroiqtisodiyot.
Shukurullayev mazkur lavozimga tayinlangunga qadar Soliq qo‘mitasi huzuridagi «Soliq-servis» davlat unitar korxonasi direktorining birinchi o‘rinbosari sifatida faoliyat olib borgan.
Shukurullayev bu lavozimda 2021 yil 28 aprelidan buyon ishlab kelgan Sindor Raxmonqulov o‘rnini egalladi.
Mavzuga oid
19:48 / 19.09.2024
Jizzaxda boshqaruvni yo‘qotgan “Lasetti” pastlikka ag‘darildi
19:02 / 09.09.2024
Qashqadaryo va Jizzaxda pora olgan ekologiya va qurilish mutaxassislari ushlandi
21:18 / 08.09.2024
Otabek Umarov Osiyo Olimpiya Kengashining mintaqaviy vitse-prezidenti bo‘ldi
09:25 / 05.09.2024