O‘zbekiston | 18:49 / 11.06.2024
4728
1 daqiqa o‘qiladi

Saida Mirziyoyeva AQSh savdo vakili bilan uchrashdi

Prezident yordamchisining so‘zlariga ko‘ra, O‘zbekiston Jahon savdo tashkilotiga a’zo bo‘lib, xalqaro savdo tizimining to‘laqonli ishtirokchisiga aylanish niyatida va bunda AQShning ko‘magiga tayanadi.

Foto: Saida Mirziyoyeva / Telegram

O‘zbekiston prezidenti yordamchisi Saida Mirziyoyeva Toshkentda bo‘lib turgan AQSh savdo vakili Ketrin Tay bilan uchrashdi.

Muloqot davomida O‘zbekiston iqtisodiy islohotlarni faqatgina statistika – yuqori ko‘rsatkichlar uchun emas, balki e’tiborni, avvalo, xalq manfaatlari va farovonligiga qaratib, buni davlat siyosati darajasiga ko‘targan holda amalga oshirayotgani ta’kidlandi.

“Biz xalqaro savdo tizimining to‘laqonli ishtirokchisiga aylanish niyatidamiz va O‘zbekistonning JSTga a’zo bo‘lish jarayonini jadallashtirishda AQSh ko‘magiga tayanamiz”, – deya yozdi Mirziyoyeva o‘z Telegram-kanalida.

Ketrin Tay avvalroq prezident Shavkat Mirziyoyevning qabulida bo‘lgandi.

Mavzuga oid