O‘zbekiston | 17:49 / 11.06.2024
4894
2 daqiqa o‘qiladi

Shavkat Mirziyoyev AQSh delegatsiyasini qabul qildi

Foto: Prezident matbuot xizmati

O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev 11 iyun kuni Amerika Qo‘shma Shtatlarining Savdo vakili Ketrin Tayni qabul qildi.

Amerika idorasi rahbari O‘zbekiston yetakchisiga AQSh prezidenti Jo Baydenning salomi va eng ezgu tilaklarini yetkazdi.

Uchrashuv davomida ikki tomonlama strategik sheriklik munosabatlarini yanada mustahkamlash, savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy hamkorlikni kengaytirish masalalari muhokama qilindi.

Ishbilarmonlik aloqalari faollashgani, o‘zaro tovar ayirboshlash va investitsiyalar ko‘rsatkichlari barqaror o‘sayotgani mamnuniyat bilan qayd etildi.

AQShning Air Producs, Coca-Cola, Citibank, Visa va boshqa ko‘plab yetakchi korxonalari va banklari bilan kooperatsiya aloqalari rivojlanmoqda.

O‘zbekistonning Jahon savdo tashkilotiga a’zo bo‘lishi, GSP tizimini qayta tiklash, «C5+1» formati hamda Savdo va investitsiyalar bo‘yicha hadli bitim doirasida amaliy hamkorlikni chuqurlashtirish bilan bog‘liq masalalar ko‘rib chiqildi.

Sanoat kooperatsiyasi uchun yangi sohalarni aniqlash va tegishli loyihalarni ilgari surish bo‘yicha qo‘shma platformani ishga tushirish muhim ekani ta’kidlandi.

Mavzuga oid