Toshkentda avtoservisda sodir bo‘lgan yong‘in oqibatida 3 ta avtomobil zarar ko‘rdi
4 ta yong‘in-qutqaruv ekipaji yordamida o‘chirilgan yong‘in natijasida avtoservis ichki qismi va ichki qismida bo‘lgan 3 ta avtomobil yonib zararlangan.
Sergeli tumanida joylashgan avtoservisda yong‘in sodir bo‘ldi. Toshkent shahar FVB holat yuzasidan rasmiy ma’lumot taqdim etdi.
Bugun, 11 iyun kuni soat 13:24 da Toshkent shahar, Sergeli tumani, 6a-dahadagi avtosalon oldida joylashgan avtoservisda yong‘in sodir bo‘layotganligi to‘g‘risida FVBga xabar tushgan.
Shunga ko‘ra, 4 ta yong‘in-qutqaruv ekipaji soat 13:33 da voqea joyiga yetib borib, yong‘in soat 13:44 da qurshab olingan va soat 13:51da o‘chirilgan.
Yong‘in natijasida avtoservisning ichki qismi va ichki qismida bo‘lgan 3 ta avtomobil yonib zararlangan.
Yong‘in sababi va moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.
Hodisa oqibatida tan jarohati olgan va halok bo‘lganlar to‘g‘risida ma’lumot kelib tushmagan.
Voqea joyiga shahar va tuman FVB rahbar xodimlari chiqqan.
Mavzuga oid
07:21 / 03.09.2024
Toshkentda Nexia-3 to‘xtab turgan Damas’ga borib urildi
07:40 / 22.08.2024
Toshkentda daraxt kesgan fuqaro 17 mln so‘m jarima to‘laydigan va 100 ta ko‘chat ekadigan bo‘ldi
13:42 / 20.07.2024
Toshkentda ishlab chiqarish korxonalarining birida yong‘in sodir bo‘ldi
13:39 / 15.06.2024