Ukraina tiklanish agentligi rahbari iste’foga chiqdi
Berlindagi Ukrainani tiklash bo‘yicha konferensiyadan bir kun oldin Ukraina agentligi rahbari Mustafo Nayyem o‘z lavozimidan iste’foga chiqdi. U hukumat bilan kelishmovchiliklar haqida e’lon qildi.
Berlinda Ukrainani tiklash bo‘yicha konferensiya boshlanishidan bir kun oldin Ukraina tiklanish agentligi rahbari Mustafo Nayyem iste’foga chiqdi. U o‘z qarorini 10 iyun, dushanba kuni Facebook’da ma’lum qildi. «Men o‘z vakolatlarimni samarali bajarish uchun keyingi imkoniyatlarga to‘sqinlik qiladigan tizimli muammolar tufayli shunday qaror qabul qildim», deb yozgan u.
Nayyemning so‘zlariga ko‘ra, uning jamoasi 2023 yil noyabr oyidan beri «doimiy qarshilik va sun’iy to‘siqlar» bilan duch kelgan. Boshqa narsalar qatorida, u yo‘llarni qayta tiklash va ta’mirlash loyihalari uchun budjetlar bekor qilinishiga ishora qildi. «Men cheklangan resurslarni va harbiy xarajatlarning ahamiyatini tushunaman, ammo infratuzilmani saqlash uchun mablag‘lar bekor qilinishi, birinchi navbatda, mudofaa yo‘llari holatiga ta’sir qiladi, agar bu bo‘lmasa kelasi mavsumda biz harbiy logistika va mahsulot eksporti bilan bog‘liq qiyinchiliklarga duch kelamiz», dedi u.
Bundan tashqari, Nayyem Ukraina bosh vaziri Denis Shmixalni tanqid qildi, u Berlinda Ukrainani qayta tiklash bo‘yicha konferensiyaga borish imkoniyatini rad etdi. Bundan tashqari, agentlik xodimlarining aksariyati maoshlari 68 foizga qisqartirildi, buning natijasida agentlik yil boshidan buyon o‘z xodimlari 25 foizini yo‘qotdi, dedi u.
Berlinda Ukrainani tiklash bo‘yicha konferensiya
Germaniya hukumati vakili Shteffen Xebeshtraytning ta’kidlashicha, Nayyem iste’fosi Berlinda bo‘lib o‘tadigan konferensiya jarayoniga jiddiy ta’sir ko‘rsatmaydi.
11-12 iyun kunlari Germaniya poytaxtida Ukrainani tiklash bo‘yicha ikki kunlik konferensiya bo‘lib o‘tadi, unda 2 mingga yaqin ishtirokchi kutilmoqda. Germaniya hukumati shu bilan Ukrainani qayta tiklash bo‘yicha uzoq muddatli istiqbolni taqdim etish va sarmoyalarni rag‘batlantirish niyatida. Bundan tashqari, gap Rossiyaning davom etayotgan hujumlari fonida favqulodda yordam ko‘rsatish masalalari haqida ketyapti.
Ukrainada sobiq jurnalist Mustafo Nayyem 2013 yil oxirida keng tanildi: Qadr-qimmat inqilobi odamlarni Ukrainadagi Maydanga borishga chaqirgan uning tvitidan boshlandi. Keyinchalik u Oliy rada deputati bo‘ldi, 2023 yil boshidan esa Tiklanish agentligini boshqargan.
Mavzuga oid
16:28 / 17.11.2024
Frontdagi vaziyat: Ukraina qurolli kuchlari mudofaasi ko‘plab uchastkalarda qulamoqda
14:24 / 17.11.2024
«Eng yirik havo hujumlaridan biri». RF qo‘shini Ukraina bo‘ylab yopirilma zarbalar uyushtirdi
10:05 / 17.11.2024
Trampning qaytishi: Ukraina masalasida AQSh va Yevropaning pozitsiyasi bo‘linadimi?
14:00 / 16.11.2024