Toshkentda Lacetti yonib ketdi
Hodisa oqibatida tan jarohati olgan va halok bo‘lganlar to‘g‘risida ma’lumot kelib tushmagan.
Poytaxtning Yakkasaroy tumanida Lacetti rusumli avtomobilda yong‘in sodir bo‘ldi. Toshkent shahar FVB holat bo‘yicha rasmiy ma’lumot taqdim etdi.
Bugun, 12 iyun kuni soat 14:18 da Toshkent shahar, Yakkasaroy tumani, Shota Rustaveli ko‘chasida Lacetti rusumli avtomobilda yong‘in sodir bo‘layotganligi to‘g‘risida Toshkent shahar FVBga xabar tushgan.
Shunga ko‘ra, 2 ta yong‘in-qutqaruv ekipaji soat 14:23 da voqea joyiga yetib borib, yong‘in soat 14:25 da o‘chirilgan.
Hodisa oqibatida tan jarohati olgan va halok bo‘lganlar to‘g‘risida ma’lumot kelib tushmagan.
FVB xabarida yong‘in kelib chiqishiga nima sabab bo‘lgani aytilmagan.
Mavzuga oid
14:49 / 13.09.2024
Lacetti'dagi yong‘in sabab UzAuto Motors va uning dileriga ish qo‘zg‘atildi
00:14 / 12.09.2024
Farg‘onada sog‘ligi yomonlashgan haydovchi boshqaruvni yo‘qotib, YTH sodir etdi va halok bo‘ldi
09:50 / 11.09.2024
Andijondagi korxonada yong‘in sodir bo‘ldi
07:31 / 11.09.2024