Toshkentda to‘rtta avtomashina ishtirokida YTH sodir bo‘ldi
Hodisa oqibatida tan jarohati olganlar yo‘q.
Toshkent shahrining Chilonzor tumani, Bunyodkor shohko‘chasida 11 iyun kuni soat 16:10 larda 4 ta avtomashina ishtirokida YTH sodir bo‘ldi.
Toshkent shahar IIBB YHXB xabariga ko‘ra, YTH haydovchilar — 1995 yilda tug‘ilgan B.D. boshqaruvida bo‘lgan Nexia-3 rusumli avtomashina, 1995 yilda tug‘ilgan B.S. boshqaruvida bo‘lgan Lacetti rusumli avtomashina, 1960 yilda tug‘ilgan Y.K. boshqaruvida bo‘lgan King Long rusumli avtomashina, 2003 yilda tug‘ilgan M.O. boshqaruvida bo‘lgan Spark rusumli avtomashinalar ishtirokida sodir bo‘lgan.
Hodisa oqibatida tan jarohati olganlar yo‘q.
Holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB YHXB mas’ul xodimlari tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.
Mavzuga oid
14:00 / 18.09.2024
Toshkentda uchta avtomobil ishtirokida YTH sodir bo‘ldi
11:51 / 24.08.2024
Chilonzordagi “Oltin markazi” oldida bezorilik sodir etganlarga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi
07:39 / 15.08.2024
Toshkentda uchta avtomobil va skuter ishtirokida YTH sodir bo‘ldi
16:23 / 29.07.2024