Rossiya flotining atom suvosti kemasi va boshqa kemalari Kubaga yetib bordi
Kuba Mudofaa vazirligi 6 iyun kuni Rossiya harbiy-dengiz flotining to‘rtta kemasi kelishi haqida xabar berdi. «Kemalarning hech biri yadroviy qurol tashuvchisi emas», - deyilgandi press-relizda.
Rossiyaning «Kazan» atom suvosti kemasi, «Sovet Ittifoqi floti admirali Gorshkov» fregati, «Akademik Pashin» o‘rta dengiz tankeri va «Nikolay Chiker» qutqaruv buksiri Havana portiga yetib keldi, deb xabar qildi 12 iyun, chorshanba kuni Rossiya Mudofaa vazirligi.
«Shimoliy flot kemalar otryadi yuqori aniqlikdagi raketa qurollaridan foydalanish bo‘yicha mashg‘ulotlarni yakunlab, norasmiy tashrif bilan Havana portiga yetib bordi», — deyiladi press-relizda. Aniqlik kiritilishicha, «mashq davomida fregat va atom suvosti kemasi ekipajlari 600 kilometrdan ortiq masofada joylashgan soxta dushmanning harbiy-dengiz guruhlarini ko‘rsatuvchi kompyuter modellashtirish yordamida yuqori aniqlikdagi raketa qurollarini qo‘llashni mashq qiladi».
Ka-27 vertolyoti «Sovet Ittifoqi floti admirali Gorshkov» fregatidan havoga ko‘tarildi, «Kazan» suvosti kemasi «suvosti holatida» mashg‘ulot o‘tkazdi.
«Sovet Ittifoqi floti admirali Gorshkov» fregati va «Kazan» atom suvosti kemasi zamonaviy yuqori aniqlikdagi raketa qurollari, shu jumladan «Tsirkon» gipertovushli raketalari, «Kalibr» qanotli raketalari va «Oniks» kemalarga qarshi raketalarining tashuvchilari hisoblanadi», deb eslatadi Rossiya Mudofaa vazirligi.
Kubaning Rossiya harbiy kemalari kelishi haqidagi xabari
6 iyun kuni Kuba inqilobiy qurolli kuchlari vazirligi 12-17 iyun kunlari to‘rtta rus harbiy kemasi Havana portida bo‘lishini ma’lum qildi.
«Ushbu tashrif Kuba va Rossiya Federatsiyasi o‘rtasidagi tarixiy do‘stona munosabatlarga mos keladi hamda Kuba ishtirok etuvchi xalqaro qoidalarga qat’iy muvofiqdir, - deb ta’kidlangan press-relizda. - Hech bir kema yadroviy qurolni olib yurmaydi. Ularning mamlakatimizda to‘xtashi mintaqa uchun xavf tug‘dirmaydi».
May oyi o‘rtalarida Rossiya ommaviy axborot vositalari Rossiya Mudofaa vazirligining «Tsirkon» raketalari bilan qurollangan «Admiral Gorshkov» fregati boshchiligidagi Shimoliy flot kemalar otryadi «uzoq sayohatga» chiqqani haqida xabar tarqatdi. «Safarning asosiy maqsadi - bayroqni namoyish qilish va harbiy-dengiz flotining uzoq okean zonasi operatsion muhim hududlarida mavjudligini ta’minlash», - deya Rossiya mudofaa vazirligidan iqtibos keltirgan «RBK» nashri.
Mavzuga oid
10:47
Rossiya 145 ta dron bilan Ukrainaning yirik shaharlariga hujum qildi
13:30 / 10.11.2024
Tramp yutsa urushni bir sutkada to‘xtatishni va’da qilgandi. U yutdi - xo‘sh?
15:10 / 09.11.2024
Rossiyada kartoshka va sariyog‘ narxi ko‘tarilishda davom etmoqda
14:30 / 09.11.2024