Shavkat Mirziyoyev va Yun Sok Yol Toshkent shahridagi Texnoparkni ko‘zdan kechirdi
Oliy martabali mehmonga Texnopark korxonalarida ishlab chiqarilayotgan keng turdagi yuqori texnologik mahsulotlar namoyish etildi.
Prezident Shavkat Mirziyoyev va Janubiy Koreya prezidenti Yun Sok Yol Toshkent shahridagi Texnoparkka tashrif buyurdi.
Oliy martabali mehmonga Texnopark korxonalarida ishlab chiqarilayotgan keng turdagi yuqori texnologik mahsulotlar, jumladan, Janubiy Koreyaning «Samsung Electronics» kompaniyasi texnologiyasi asosida tayyorlanayotgan texnika namunalari namoyish etildi.
Qayd qilinishicha, sanoat majmuasida umumiy qiymati 365 million dollar bo‘lgan 16 ta ishlab chiqarish quvvati joylashgan. Bu yil logistika markazi ish boshlaydi.
Mahsulotlar xorijiy brendlar ostida va ularning nazoratida ishlab chiqariladi va 10 ta davlatga eksport qilinmoqda.
Prezidentlar ikki mamlakat yetakchi korxonalari kooperatsiyasini kengaytirish, o‘zaro tajriba almashish, ilg‘or texnologiyalar va innovatsiyalarni transfer qilish muhimligini ta’kidladilar.
Mavzuga oid
17:21 / 14.09.2024
O‘zbekistonlik harbiylar Janubiy Koreyada o‘tkazilgan xalqaro musobaqada 1-o‘rinni qo‘lga kiritdi
19:06 / 04.09.2024
Telegram Janubiy Koreya rasmiylari talabini bajardi va uzr so‘radi
15:18 / 02.09.2024
Janubiy Koreya Telegram’ga nisbatan tergov boshladi
00:03 / 30.08.2024