Isroil bosh vaziri harbiy hukumatni tarqatib yubordi
Harbiy vazirlar mahkamasi 2023 yil 7 oktyabrda, HAMAS hujumidan ko‘p o‘tmay tuzilgan edi.
Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyahu HAMAS jangarilarining mamlakatga hujumidan so‘ng tuzilgan harbiy vazirlar mahkamasi tarqatib yuborilganini ma’lum qildi. Bu haqda The Times of Israel xabar berdi. Shuningdek, bu ma’lumotni isroillik mansabdor Reuters agentligiga tasdiqladi.
Bu muxolifat yetakchilaridan biri va Isroil sobiq mudofaa vaziri Benni Gans harbiy vazirlar mahkamasidan iste’foga chiqishini e’lon qilganidan keyin kutilgan qaror deb hisoblamoqda Reuters. Uning ortidan Isroil mudofaa kuchlari bosh shtabi sobiq boshlig‘i Gadi Ayzenkot ham harbiylar kabinetini tark etdi.
Netanyahu endi kichik bir guruh doirasida, jumladan, harbiy kabinetda ishlagan Mudofaa vaziri Yoav Gallant va Strategik ishlar vaziri Ron Dermer bilan G‘azodagi harbiy harakatlar bo‘yicha qarorlar qabul qilishi kutilmoqda.
Netanyahu 16 iyun kuni kechqurun xavfsizlik masalalariga bag‘ishlangan vazirlar mahkamasi yig‘ilishida harbiy kabinetni tarqatib yuborish to‘g‘risidagi qarorni ma’lum qildi, deb yozdi The Jerusalem Post.
Harbiy vazirlar mahkamasi 2023 yil 7 oktyabrda, HAMAS hujumidan ko‘p o‘tmay tuzilgan. Unda Netanyahuning sheriklari bilan bir qatorda muhim siyosiy raqiblari, jumladan Benni Gans ham bor edi.
10 iyun kuni Gans harbiy kabinetdan iste’foga chiqishini e’lon qildi. U Netanyahuni HAMASga qarshi urush bo‘yicha aniq rejasi va G‘azo sektori bo‘yicha urushdan keyingi strategiyasi yo‘qligi uchun tanqid qildi.
Mavzuga oid
21:10
Turkiya Isroil prezidentining samolyotini o‘z havo hududiga kiritmadi - OAV
20:12
Isroil zarbasi oqibatida «Hizbulloh» matbuot kotibi halok bo‘ldi
20:40 / 16.11.2024
HRW Isroilni G‘azo sektoridagi falastinliklarni majburan ko‘chirganlikda aybladi
09:20 / 16.11.2024