Sirdaryoda Nexia yuk mashinasiga kelib urildi
Ikki kishi jarohatlangan.
Ijtimoiy tarmoqlarda Sirdaryo viloyatida yengil va yuk avtomobili ishtirokida YTH sodir bo‘lgani haqida xabarlar tarqaldi. Holat yuzasidan viloyat IIB munosabat bildirdi.
Ma’lum qilinishicha, 19 iyun kuni soat 05:30 larda Sardoba tumani hududidan o‘tuvchi M-39 avtoyo‘lining 931-kilometrida Toshkent—Termiz yo‘nalishi bo‘ylab harakatlanib ketayotgan Nexia-1 avtomashinasi haydovchisi rul boshqaruvi vaqtida uxlab qolgan. Oqibatda avtomashina yo‘l chetida to‘xtab turgan MAN rusumli yuk transport vositasiga urilgan.
Natijada Nexia-1 avtomashinasi haydovchisi va yo‘lovchisi jarohat olib tibbiyot birlashmasiga yotqizilgan.
Hozirda Sardoba tumani IIB xodimlari tomonidan tergov harakatlari olib borilmoqda.
Mavzuga oid
08:58
Sirdaryoda elektrdan uzilgan tadbirkorlar hokimiyat binosi oldiga yig‘ildi
21:19 / 05.09.2024
Uchta viloyat chegarasiga o‘zgartirish kiritilmoqda
11:32 / 11.08.2024
Koreyaga ishga jo‘natishini aytib fuqaroning pullarini o‘zlashtirgan shaxs ushlandi
16:37 / 06.08.2024