Shumanay tumaniga yangi hokim tayinlandi
Adilbek Ametov Qoraqalpog‘iston Respublikasi Shumanay tumaniga hokim bo‘ldi. Tumanga 2016 yildan beri hokimlik qilib kelayotgan Bahadir Yangibayev lavozimidan ozod etilgan.
Bugun xalq deputatlari Shumanay tuman kengashining navbatdan tashqari sessiyasi bo‘lib o‘tgan. Bu haqda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qarg‘i Kengesi matbuot xizmati xabar berdi.
Sessiyada Ametov Adilbek Orazimbetovich Shumanay tumani hokimi lavozimiga tasdiqlangan. Qayd etilishicha, Adilbek Ametov faoliyati davomida ko‘plab mas’uliyatli lavozimlarda mehnat qilgan.
2016 yildan bugungacha Shumanay tumani hokimi bo‘lib ishlab kelgan Bahadir Yangibayev lavozimidan ozod etilgan. U hokim bo‘lgunga qadar Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisi lavozimida ham faoliyat ko‘rsatgan.