Uzbekistan Airports AJ boshqaruviga rais tasdiqlandi
Kompaniya boshqaruv raisi vazifasini vaqtinchalik bajarayotgan Javlonbek Umarxo‘jayev o‘z lavozimiga tasdiqlandi.
Javlonbek Oybekovich Umarxo‘jayev Uzbekistan Airports AJ boshqaruvi raisi lavozimiga tayinlandi. Bu haqdagi qaror kompaniyaning yagona aksiyadori — O‘zbekiston Iqtisodiyot va moliya vazirligi tomonidan qabul qilingan.
Javlonbek Umarxo‘jayev mehnat faoliyatini 2008 yilda «O‘zbekiston havo yo‘llari» aviakompaniyasida boshlagan. 2009-2018 yillarda aviakompaniyada aviatsiya xavfsizligi boshqarmasi boshlig‘i bo‘lgan. 2018-2021 yillarda «O‘zbekiston temir yo‘llari»ning «Toshkent-Sharq» loyihasini amalga oshirish bo‘yicha kapital qurilish direksiyasi boshlig‘i o‘rinbosari va texnik direktori lavozimlarida ishlagan. 2021-2023 yillarda Uzbekistan Airports AJ boshqaruvi raisining operatsion faoliyat bo‘yicha birinchi o‘rinbosari lavozimida ishlagan. 2023 yil 9 avgustdan beri boshqaruv raisi vazifasini vaqtinchalik bajaruvchi bo‘lib ishlayotgan edi.
Mavzuga oid
21:18 / 08.09.2024
Otabek Umarov Osiyo Olimpiya Kengashining mintaqaviy vitse-prezidenti bo‘ldi
19:01 / 03.09.2024
Prezident yig‘ilishida ishdan olingan Mingbuloq tumani hokimi yangi lavozimga tayinlandi
16:37 / 01.09.2024
“Rekonstruksiya loyihasi uzog‘i 3 yilda o‘zini qoplaydi” - Toshkent xalqaro aeroporti direktori
15:52 / 27.08.2024