AQSh «Kasperskiy laboratoriyasi» rahbariyatiga qarshi sanksiyalar kiritdi
AQSh Moliya vazirligi «Kasperskiy laboratoriyasi»da yuqori lavozimlarda ishlagan 12 nafar rossiyalikni sanksiyalar ro‘yxatiga kiritdi. Avvalroq Oq uy ushbu kompaniya dasturiy ta’minotini AQShda sotishni taqiqlagan edi.
AQSh Moliya vazirligining Xorijiy aktivlarni nazorat qilish boshqarmasi (OFAC) «Kasperskiy laboratoriyasi»da yuqori lavozimlarda ishlagan 12 nafar rossiyalikni sanksiyalar ro‘yxatiga kiritdi. Bu haqda 21 iyun, juma kuni AQSh moliya vazirligi saytida ma’lum qilindi.
Cheklovlar, xususan, kompaniyaning ijrochi direktori Andrey Tixonov, biznesni rivojlantirish bo‘yicha direktori Andrey Yefremov va yuridik masalalar bo‘yicha direktori Igor Chekunovga nisbatan kiritilgan.
«Kasperskiy laboratoriyasi» rahbariyatiga qarshi bugungi xatti-harakatlarimiz kibermakon yaxlitligini ta’minlash va fuqarolarimizni zararli kibertahdidlardan himoya qilishga sodiqligimizni ta’kidlaydi», dedi moliya vazirining terrorizm va moliyaviy razvedka bo‘yicha o‘rinbosari Brayan Nelson.
AQShda «Kasperskiy» dasturiy ta’minotini sotish taqiqlandi
Bir kun avval AQSh ma’muriyati milliy xavfsizlikka tahdid borligi sababli «Kasperskiy laboratoriyasi» antivirus dasturini mamlakatda sotishni taqiqlagan edi. AQSh savdo vaziri Jina Raymondoning so‘zlariga ko‘ra, «Kasperskiy» dasturiy ta’minotining kompyuter tizimlariga kirishi maxfiy ma’lumotlar o‘g‘irlanishi yoki zararli dasturlar o‘rnatilishiga olib kelishi mumkin.
20 iyuldan boshlab Rossiya kompaniyasiga AQShda yangi shartnomalar tuzish, 29 sentabrdan esa mijozlarga yangilanishlarni taqdim etish taqiqlanadi, bu esa uning antivirus dasturini deyarli foydasiz qiladi.
Mavzuga oid
23:13 / 21.09.2024
Harris saylov kampaniyasida Trampdan uch barobar ko‘p mablag‘ to‘pladi - OAV
20:40 / 21.09.2024
Shimoliy Koreyaga qochib o‘tgan amerikalik askar sharmandalarcha armiyadan haydalgani ma’lum bo‘ldi
17:10 / 21.09.2024
AQShda “politsiyachi” robot jinoyatchini tutib berdi
16:27 / 21.09.2024