O‘zbekiston | 22:08 / 22.06.2024
5800
1 daqiqa o‘qiladi

Maktabni to‘liq tamomlamagan fuqarolarning o‘rta ta’lim olish huquqi ta’minlandi

Maktabni to‘liq tamomlay olmagan fuqarolar eksternat tartibida yakuniy davlat attestatsiyasini topshirdi.

Foto: Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi

Turli sabablarga ko‘ra, o‘z vaqtida umumiy o‘rta ta’lim olish imkoniyatiga ega bo‘lmagan, ya’ni maktabni to‘liq tamomlay olmagan fuqarolarga eksternat tartibida yakuniy davlat attestatsiyalarini topshirish tizimi yaratilgan. 2024 yilda eksternat tartibida yakuniy davlat attestatsiyasini topshirish uchun 8038 nafar fuqaro murojaat etgan. Bu haqda Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi xabar berdi.

Eksternat tartibida yakuniy davlat attestatsiyasidan muvaffaqiyatli o‘tgan 611 nafar fuqaroga 9 yillik tayanch o‘rta ta’lim to‘g‘risida shahodatnoma berilgan.

Shuningdek, 4689 nafar fuqaroga 11-sinf hajmida umumiy o‘rta ta’lim to‘g‘risida shahodatnoma berilgan.

Mavzuga oid