O‘zbekiston va Mo‘g‘uliston parlamentlararo hamkorligining istiqbollari ko‘rib chiqildi
Oliy Majlis Senatida davlat tashrifi bilan mamlakatimizda bo‘lib turgan Mo‘g‘uliston Prezidenti Uxnaagiyn Xurelsux bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuvda madaniyat, ta’lim, turizm sohalarida faol almashinuvlarning yo‘lga qo‘yilishi, hamda parlamentlararo aloqalarni mustahkamlashga masalalari muhokama qilingan.
Xususan, O‘zbekiston – Mo‘g‘uliston parlamentlari do‘stlik guruhlari o‘rtasidagi munosabatlarni faollashtirish va parlamentlararo hamkorlikni rivojlantirish bo‘yicha aniq chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqish, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati va Mo‘g‘uliston Buyuk Davlat Xurali o‘rtasida hamkorlik to‘g‘risidagi memorandumni ishlab chiqish va imzolash masalasi taklif qilingan.
Mo‘g‘uliston Prezidenti Uxnaagiyn Xurelsux Oliy Majlis Senatining Faxriy mehmonlar kitobida dastxat yozib qoldirgan.
Mavzuga oid
13:08
Senat Xalqaro mehnat tashkiloti Konvensiyasini ratifikatsiya qildi
12:29
Tabiblik litsenziyasiga ega bo‘lmagan shaxslar davolash xizmatini ko‘rsatgani uchun javobgarlik joriy qilinmoqda
18:36 / 20.09.2024
Psixologik yordam ko‘rsatish faoliyatini tartibga soluvchi qonun ma’qullandi
18:30 / 20.09.2024