Yevropa Ittifoqi 25 iyundan boshlab Rossiyaning bir qancha saytlarini bloklaydi
«RIA Novosti», «Izvestiya» va «Rossiyskaya gazeta» saytlariga kirish yopiladi. Moskva javob choralarini va’da qildi.
Yevropa Ittifoqi Kengashi «jamoat tartibi va xavfsizligiga jiddiy va to‘g‘ridan-to‘g‘ri tahdid soladigan» Rossiyaning to‘rtta ommaviy axborot vositasiga kirishni taqiqlash haqidagi qarorni ma’qulladi. Qaror 24 iyun kuni Yevropa Ittifoqining rasmiy jurnalida e’lon qilindi.
Unda aytilishicha, 25 iyundan boshlab Yevropa Ittifoqida «RIA Novosti», «Izvestiya», «Rossiyskaya gazeta» va «Voice of Europe» saytlari bloklanadi.
Cheklovlar «Rossiyaning Ukrainadagi vaziyatni beqarorlashtiruvchi harakatlari» munosabati bilan qabul qilingan.
Yevropa Ittifoqi bayonotida qayd etilishicha, Rossiya davlati nazoratidagi ommaviy axborot vositalari tashviqot bilan shug‘ullanadi va «Rossiyaning Ukrainaga qarshi bosqinchilik urushini qo‘zg‘atish va qo‘llab-quvvatlash, qo‘shni mamlakatlardagi vaziyatni beqarorlashtirishda muhim rol o‘ynaydi».
Yevropa Ittifoqi ushbu ommaviy axborot vositalari va ularning xodimlariga Yevropa Ittifoqida boshqa faoliyat bilan shug‘ullanishni, masalan, tadqiqot va intervyular olishni taqiqlamagan.
Rossiya Tashqi ishlar vazirligi matbuot kotibi Mariya Zaxarova ushbu choralarga Rossiya ham javob qaytarishini, bu haqda yaqin kelajakda e’lon qilinishini aytdi.
Mavzuga oid
21:29 / 21.09.2024
TikTok AQSh sanksiyalari tufayli Sputnik va RT akkauntlarini o‘chirib tashladi
23:16 / 19.09.2024
Yevroparlament Maduroni hibsga olish uchun order berilishini talab qildi
19:08 / 17.09.2024
8 mingga yaqin o‘zbekistonlik Litvada yashash uchun ruxsatnoma olgani ma’lum bo‘ldi
22:31 / 12.09.2024