O‘zbekiston | 08:59 / 26.06.2024
9007
1 daqiqa o‘qiladi

Narpay tumanida hokim almashdi

2020 yildan buyon tumanga rahbarlik qilib kelgan Sherzod Rahmonov boshqa ishga o‘tayotgani bois lavozimidan ozod etildi. Qonunchilik palatasi Korrupsiyaga qarshi kurashish va sud-huquq masalalari qo‘mitasi a’zosi Sherbek Bo‘ronov tuman hokimi bo‘ldi. 

Foto: Samarqand viloyati hokimligi

Samarqand viloyati Narpay tumanida xalq deputatlari tuman kengashining navbatdan tashqari sessiyasi bo‘lib o‘tdi. Unda tashkiliy masala ko‘rildi.

Viloyat hokimligi xabariga ko‘ra, 2020 yildan buyon tumanga rahbarlik qilib kelgan Sherzod Rahmonov boshqa ishga o‘tayotgani bois tuman hokimi lavozimidan ozod etildi.

Sessiyada deputatlar tomonidan Sherbek Bo‘ronov nomzodi Narpay tumani hokimi lavozimiga tasdiqlandi.

Sherbek Bo‘ronov 1985 yilda Samarqand viloyati Narpay tumanida tug‘ilgan. 2003 yildan boshlab bank tizimida turli lavozimlarda faoliyat olib borgan. 

U 2021 yildan buyon Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Korrupsiyaga qarshi kurashish va sud-huquq masalalari qo‘mitasining a’zosi.

Mavzuga oid