Jahon | 14:34 / 27.06.2024
1826
2 daqiqa o‘qiladi

YeI elchilari Belarusga qarshi yangi sanksiyalar haqida kelishib oldi

Yevrokomissiya Rossiya Federatsiyasiga qarshi jazo choralarini chetlab o‘tish bo‘yicha bo‘shliqlarni yopish uchun mo‘ljallangan Lukashenko rejimiga qarshi sanksiyalar paketini ishlab chiqdi.

Foto: Ben Pruchnie / Getty Images

Yevropa Ittifoqi mamlakatlari elchilari 26 iyun, chorshanba kuni Bryusselda Belarusdagi Lukashenko rejimiga qarshi yangi sanksiyalar qo‘llashga kelishib oldilar. Belgiyaning YeI kengashidagi raisligi boshchiligida doimiy vakillarning mazkur yig‘ilishi oxirgisi bo‘lgani uchun bu masala shoshilinch ravishda kun tartibiga qo‘yildi. 1 iyuldan boshlab Yevropa Ittifoqiga Vengriya rahbarlik qiladi.

«So‘nggi oylarda Rossiyaga qarshi sanksiyalarning asosiy chetlab o‘tilishi Belarus orqali sodir bo‘layotgani aniqlashdi», dedi Bryusseldagi diplomatik manba DW muxbiriga. «Biz 14-paket bo‘yicha muzokaralar olib borganimizda, faqat Rossiyaga diqqatimizni qaratgan edik, lekin yopilishi kerak bo‘lgan bo‘shliq qolmoqda», dedi u.

Uning so‘zlariga ko‘ra, so‘nggi kunlarda Yevrokomissiya Belarusga qarshi sanksiyalar paketini Rossiyaga nisbatan qo‘llangan cheklov choralariga moslashtirish maqsadida ishlab chiqmoqda. «Biz bu juda qisqa vaqt ekanligini tushunamiz, chunki bu odatda bir necha hafta davom etadi, - dedi DW manbasi. - Ammo aniq sabablarga ko‘ra, a’zo davlatlarning aksariyati buni 30 iyungacha amalga oshirishga harakat qilishimiz kerak deb hisoblaydi. 

Belgiya Belarusga qarshi yangi sanksiyalar joriy etishni faol ravishda olg‘a surmoqda. Elchilar darajasida ko‘rilgan jazo choralari 27-28 iyun kunlari Bryusselda bo‘lib o‘tadigan YeI sammitida tasdiqlanishi mumkin. 

Yevropa Ittifoqining Rossiya Federatsiyasiga qarshi 14 ta sanksiyalar paketi mavjud. Ulardan oxirgisi 24 iyunda qabul qilingan. 

Mavzuga oid