O‘zbekiston | 12:10 / 03.07.2024
5349
1 daqiqa o‘qiladi
2024 yilning dastlabki 5 oyida 132 nafar amerikalik O‘zbekistonga o‘qish uchun keldi
Joriy yilning yanvar-may oylarida 7,4 ming nafar chet ellik o‘qish maqsadida O‘zbekistonga kelgan. Ularning katta qismi Hindiston (2241 nafar), Turkmaniston (1937 nafar) va Tojikiston (950 nafar) fuqarolaridir.
2024 yilning yanvar-may oylarida jami 7,4 ming nafar chet el fuqarolari o‘qish maqsadida O‘zbekistonga kelgan. Bu haqda Statistika agentligi ma’lum qildi.
Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 2,9 ming nafarga yoki 65,2 foizga oshgan.
Joriy yilning dastlabki besh oyida O‘zbekistonga o‘qish maqsadida kelgan chet el fuqarolarining mamlakatlar kesimidagi soni quyidagicha:
- Hindiston — 2241 nafar;
- Turkmaniston — 1937 nafar;
- Tojikiston — 950 nafar;
- Qirg‘iziston — 450 nafar;
- Pokiston — 273 nafar;
- Janubiy Koreya — 266 nafar;
- Xitoy — 266 nafar;
- Afg‘oniston — 147 nafar;
- AQSh — 132 nafar;
- Qozog‘iston — 122 nafar;
- Boshqa davlatlar — 618 nafar.
Mavzuga oid
13:58 / 31.10.2024
O‘zbekistonda ko‘proq qaysi davlat fuqarolari tahsil olayotgani ma’lum qilindi
10:50 / 31.10.2024
O‘zbekiston tashqi savdo aylanmasidagi top 10 davlatlar ma’lum qilindi
08:10 / 29.10.2024
O‘zbekistonda o‘rtacha necha yoshda nikoh qurilayotgani aytildi
11:19 / 25.10.2024