Politico: Tramp Putin bilan kelishish uchun NATOning sharq tomon kengayishidan voz kechishi mumkin
AQShning sobiq prezidenti Donald Tramp yana Oq uy rahbari etib saylangan taqdirda Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan kelishish maqsadida Shimoliy Atlantika alyansining sharq tomon kengayishidan voz kechishi mumkin.
Bu haqda Politico nashri ikki nafar milliy xavfsizlik masalalari bo‘yicha ekspertlarga asoslanib yozmoqda.
Nashrga ko‘ra, Tramp Putinga NATOni sharq tomon kengaytirmaslik — alyansga Gurjiston va Ukrainani qabul qilmaslik to‘g‘risidagi kelishuv taklif etmoqchi. Shuningdek, tomonlar Ukrainaning okkupatsiya qilingan qismlaridan qanchasini Rossiya ixtiyorida qoldirish to‘g‘risida ham muzokaralar olib borishadi.
Trampning yana bir g‘oyasi NATOning ikki darajali tizimi bilan bog‘liq, deyishmoqda Politico manbalari. Unga ko‘ra, mudofaa uchun xarajatlari YaIMining 2 foiziga yetmaydigan alyans a’zolari «Amerika Qo‘shma Shtatlari tomonidan taqdim etiladigan himoya va xavfsizlik kafolatlaridan foydalana olishmaydi».
Shunday qilib, bunday davlatlarga alyans shartnomasining 5-moddasi joriy etilmaydi, ya’ni ularga tashqaridan hujum bo‘lsa blok bo‘yicha ittifoqchilar ularga yordam ko‘rsatish uchun shoshilishmaydi. Boz ustiga, Tramp komandasi a’zolari mazkur modda juda turlanuvchan ekani va har qanday a’zoga o‘z harbiylarini safarbar qilish majburiyatini talab qilmasligiga urg‘u berishmoqda.
Sobiq prezidentning komandasidagi ikki yuqori martabali mulozimga ko‘ra, u ikkinchi muddatga saylansa AQSh Germaniya, Angliya va Turkiyadagi aviatsiyasi va harbiy bazalarini, shuningdek, o‘zining harbiy dengiz kuchlarini qo‘llashda davom etadi va Yevropa uzra «yadroviy soyabon»ni saqlab qoladi. Bir vaqtning o‘zida piyoda qo‘shinlar, zirhli texnikalar, logistika va artilleriyalar Yevropa davlatlarining mas’uliyati ostiga tushadi va Vashingtonning xavfsizlik sohasidagi rolini qisqartiradi.
Mavzuga oid
15:52
Amerikalik olimlar bioorganizmlarning “uchinchi holati”ni aniqladi
15:12
Uyqu to‘g‘ri qaror qabul qilishga yordam beradi - tadqiqot
14:32
AQShda juftlik to‘yi uchun to‘plagan pullarni uysiz itning operatsiyasiga sarfladi
11:54