Samarqandda katta pul evaziga ikki kishini AQShga yubormoqchi bo‘lgan shaxs ushlandi
Fuqarolardan biri ikki kishidan 12 ming dollardan pul olgan va shundan 4 ming dollarni qaytarayotganida qo‘lga olingan.
Samarqand viloyati Payariq tumanida fuqaroni katta pul evaziga AQShga yubormoqchi bo‘lgan shaxs ushlangan. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi departament xabar bermoqda.
Departamentning Payariq tuman bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda fuqaro X.K. fuqarolar Sh.Z. va B.R.ning ishonchiga kirib, ularni AQShga ishga yuborishini va’da qilib, har biridan 12 000 dollardan olgani va ushbu pullar hisobidan 4 000 dollar qaytarilishi protsessual tartibda rasmiylashtirilgan.
Qayd etilishicha, mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Mavzuga oid
11:54
WSJ: AQSh Putinning tahdidlaridan keyin yadro arsenalini kengaytirishga tayyor
11:22
Tramp qaytdi: bu dunyo siyosatida nimalarni o‘zgartiradi?
22:30 / 15.11.2024
Tramp jamoasi bilan Ukrainadagi urush tezroq tugaydi - Zelenskiy
19:22 / 15.11.2024