Argentina prezidenti razvedka xizmatini tarqatib yubordi
Argentina Federal razvedka agentligi kuzatuv, siyosiy va mafkuraviy ta’qiblar kabi noqonuniy faoliyatda ayblangan. Prezident Miley uni yangi organ bilan almashtirdi.
Argentina prezidenti Xaver Miley mamlakat Federal razvedka agentligini (Agencia Federal de Inteligencia, AFI) tarqatib yuborishni buyurdi va uning o‘rnida yangi idora tashkil qildi. Bu haqda davlat rahbari ma’muriyati 15 iyul kuni X ijtimoiy tarmog‘ida ma’lum qildi.
Bu qadam tergovning razvedka ichki josuslik, siyosiy va mafkuraviy ta’qiblarda ishtirok etgani haqidagi xulosalari bilan izohlanadi.
Mileyning farmoniga ko‘ra, 2015 yildan beri mavjud bo‘lgan AFI bevosita prezidentga bo‘ysunadigan, «o‘zgartirish va modernizatsiya qilish uchun» yaratilgan to‘rtta agentlik ustidan nazoratni amalga oshiradigan Davlat razvedka kotibiyati (SIDE) bilan almashtiriladi.
Gap yangi idoralarni shakllantirish haqida ketmoqda: Argentina razvedka xizmati, «mamlakatga tahdidlarning oldini olish» uchun ma’lumot to‘playdi; Milliy xavfsizlik agentligi, uning vazifasi «jiddiy federal jinoyatlar» hamda jinoiy va terroristik tashkilotlar tahdidlarining oldini olishdan iborat bo‘ladi; IT infratuzilmasini himoya qiluvchi Federal kiberxavfsizlik agentligi; yuqoridagi idoralarni tekshiruvchi Ichki ishlar boshqarmasi.
Mavzuga oid
23:23 / 30.08.2024
Argentinada «Qizil brigadalar» terrorchi guruhining 40 yildan beri qochib yurgan a’zosi qo‘lga olindi
19:44 / 13.08.2024
Pokiston razvedkasining sobiq boshlig‘i hibsga olindi
16:57 / 06.08.2024
Rossiya ukrain harbiylari Kursk oblastiga bostirib kirishga uringani haqida xabar qildi
09:14 / 15.07.2024