O‘zbekiston | 09:31 / 18.07.2024
1821
2 daqiqa o‘qiladi

Lisenziya va ruxsat berish jarayonlari soddalashtirildi

Ayrim ruxsat berish, shuningdek litsenziyalash va avtorizatsiyadagi takrorlanuvchi jarayonlar bekor qilinadi.

Vazirlar Mahkamasi qaroriga ko‘ra, litsenziya va ruxsat berish jarayonlarini soddalashtirish munosabati bilan hukumatning ayrim qarorlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritildi

Prezidentning "Tadbirkorlik sohasidagi majburiy talablarni qisqartirish hamda litsenziyalash va ruxsat berish tartib-taomillarini soddalashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi farmoniga muvofiq "Eksport nazorati obektlarini olib chiqish uchun ruxsatnoma" va "Maxsus tovarlarni eksport va import qilish uchun litsenziya" hujjatlari bitta turga - "Maxsus tovarlarni eksport va import qilish uchun ruxsatnoma"ga birlashtirilgan edi.

Hujjat bilan quyidagilarga taalluqli o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritilmoqda:

  • ruxsat beruvchi hujjatlarning ikki turini bittaga birlashtirish;
  • tovarlarning maxsus turlarini eksport va import qilish uchun litsenziya pasportini tasdiqlash;
  • prezident va hukumat qarorlariga muvofiq eksport qilinishi lozim bo‘lgan tovarlar va mahsulotlarni eksport qilish uchun ruxsatnoma pasportini tasdiqlash;
  • ayrim ruxsat berish, shuningdek litsenziyalash va avtorizatsiyadagi takrorlanuvchi jarayonlarni bekor qilish;
  • litsenziyalash, ruxsatnomalar va xabardor qilish sohasidagi vakolatli organlar nomlarini davlat boshqaruvida amalga oshiriladigan ma’muriy jarayonlar bilan muvofiqlashtirish;
  • litsenziyalar va ruxsatnomalar tabiati bilan bog‘liq hujjatlarni berish muddatlarini ish kuniga ko‘chirish.  

 
Xususan, asosiy o‘zgartishlar Maxsus elektron tizim orqali ayrim faoliyat turlarini litsenziyalash tartibi to‘g‘risidagi yagona nizomga kiritilmoqda.

Mavzuga oid