Isroil elchisi O‘zbekistondagi diplomatik missiyasini yakunlamoqda
Isroilning O‘zbekistondagi elchisi lavozimida ishlab kelgan Zeavit Ben-Hillel mamlakatdagi diplomatik missiyasini yakunlayapti.
Isroilning O‘zbekistondagi elchisi Zeavit Ben-Hillel mamlakatdagi diplomatik missiyasini yakunlamoqda.
Joriy yilning 18 iyul kuni u O‘zbekiston prezidenti yordamchisi Saida Mirziyoyeva bilan uchrashdi.
«Elchi xonimning faol hamkorligi va davlatlarimiz o‘rtasidagi munosabatlarni rivojlantirishga qo‘shgan salmoqli hissasini, ilg‘or tashabbuslarini yuksak baholaymiz hamda kelgusi faoliyatida muvaffaqiyatlar tilaymiz», — deb yozdi Saida Mirziyoyeva.
Zeavit Ben-Hillel 2020 yilda Isroilning O‘zbekistondagi elchisi lavozimini egallagan edi. Ilgari u Isroil TIVning jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi boshlig‘i lavozimida ishlagan.
Mavzuga oid
08:08 / 14.11.2024
Borrel YeIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
16:38 / 12.11.2024
Amsterdamdagi mojaro: aslida nimalar bo‘ldi?
09:46 / 12.11.2024
ADL va IHT Isroilni G‘azodan chiqib ketishga chaqirdi
12:00 / 11.11.2024