O‘zbekiston | 15:00 / 19.07.2024
7247
4 daqiqa o‘qiladi
Reklama

Visa Digital Uzbekistan forumida innovatsiyalar va tendensiyalar haqida gapirdi

Iyun oyi o‘rtalarida Toshkentda Digital Uzbekistan xalqaro forumi bo‘lib o‘tdi, unda Visa titul hamkori bo‘ldi. Forum davlat organlari, bank sektori va chakana savdoning o‘zaro hamkorligiga bag‘ishlandi. 

Panel sessiyalarda Visa vakillari – Markaziy Osiyoda Visa biznesini rivojlantirish departamenti rahbari Anton Borozdin va Visa Money Movement Solutions kompaniyasining Ukraina, Gruziya, MDH va Janubi-Sharqiy Yevropadagi rahbari Sanjar Sulaymonov ishtirok etishdi, Visa kompaniyasining O‘zbekistondagi mintaqaviy menejeri Behzod Abdurahmonov esa forumni tabrik so‘zi bilan ochib berdi.

“So‘nggi yillarda biz O‘zbekistonda naqd pulsiz hisob-kitoblar va pul o‘tkazmalari sohasida innovatsion texnologiyalarni joriy qildik, shuningdek, Toshkent shahrida ofis ochdik. Bu bizning raqamli to‘lovlarni rivojlantirish va mahalliy iste’dodlarni qo‘llab-quvvatlashga sodiqligimizni tasdiqlaydi. Biz kelajakka ishonchimiz kuchli va O‘zbekistonda raqamli to‘lovlarni xavfsiz va qulay qilish orqali naqd pulsiz iqtisodiyotni rivojlantirishda davom etamiz. Digital Uzbekistan forumi bizga Markaziy Osiyo moliya bozorining barcha ishtirokchilari bilan strategik hamkorlikni rivojlantirish, shuningdek, xalqaro ekspertlar forumda baham ko‘rgan innovatsion yechimlar bilan tanishish imkoniyatini beradi”, — bu haqda ta’kidladi Visa kompaniyasining O‘zbekistondagi mintaqaviy menejeri Behzod Abdurahmonov. 

Ma’ruzachilar moliya bozoridagi tendensiyalar va muammolar hamda mijozlar tajribasi prognozlarini muhokama qildilar.  

Anton Borozdinning ta’kidlashicha, mintaqadagi "zummerlar" ulushi 25% ni tashkil qiladi va 2035 yilga kelib ularning xarajatlari ikki baravar ko‘payishi mumkin, bu esa banklarda mijozlar tajribasini yaxshilash uchun imkoniyatlar ochadi.

Sanjar Sulaymonov pul o‘tkazmalari sohasidagi jahon tendensiyalari haqida gapirib, bir davlat ichidagi ichki o‘tkazmalar dunyodagi eng jadal rivojlanayotgan yo‘nalishlardan biri ekanini ta’kidladi. Mutaxassisning ta’kidlashicha, raqamlashtirish va moliyaviy texnologiyalardagi taraqqiyot, shuningdek, tezkor o‘tkazmalar O‘zbekiston bozorining kelajakdagi rivojlanishida muhim rol o‘ynaydi. Mijozlar tajribasini yaxshilash strategiyasi doirasida O‘zbekistonda 2022 yilda Visa Direct platformasida telefon raqami orqali pul o‘tkazish xizmati ishga tushirildi.

Visa Direct bu - moliyaviy institutlarga biznes va jismoniy shaxslar uchun pul o‘tkazish xizmatlarini taqdim etishni osonlashtiradigan platforma bo‘lib, ularga 190 dan ortiq bozorlarda va 160 valutada kartalar, hisoblar va raqamli hamyonlarga pul jo‘natish imkonini beradi. Ushbu texnologiyaning asosiy afzalliklari qulaylik, tezlik va xavfsizlikni o‘z ichiga oladi.

Digital Uzbekistan xalqaro forumi moliya sektorini raqamlashtirish sohasida bilim va tajriba almashish uchun muhim maydonga aylandi. Visa forumning titul hamkori sifatida innovatsiyalarni muhokama qilish va ilgari surishda muhim rol o‘ynadi, naqd pulsiz iqtisodiyotni rivojlantirish va mahalliy mutaxassislarni qo‘llab-quvvatlashga sodiqligini tasdiqladi. Visa Direct va Visa Token Service kabi yechimlarning joriy etilishi, shuningdek, Toshkentda ofisining ochilishi Visa kompaniyasining O‘zbekiston moliyaviy infratuzilmasini yaxshilashga sodiqligini ta’kidlaydi.


Reklama huquqi asosida