O‘zbekiston | 14:09 / 20.07.2024
2278
1 daqiqa o‘qiladi

Kuvayt Toshkent viloyatida onkologik kasalliklarni erta aniqlash markazini qurmoqchi

Toshkent viloyatida onkologik kasalliklarni erta aniqlash bilan bog‘liq diagnostika markazini qurish, shuningdek, bu sohada malakali kadrlarni tayyorlash uchun tibbiyot muassasasini barpo etish mo‘ljallangan.

Foto: Dunyo

O‘zbekiston elchixonasi ko‘magida Kuvaytning Gulf General Trading Co. Ltd. kompaniyasi ishchi guruhining Toshkent viloyatiga biznes-missiyasi tashkil etildi.

"Dunyo" xabariga ko‘ra, tashrif chog‘ida Kuvayt kompaniyasi delegatsiyasi Toshkent viloyati hokimi Zoir Mirzayev bilan muzokara o‘tkazdi. Unda hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi.

Toshkent viloyatida xorijiy investorlarga uchun yaratilgan sharoitlar, taklif etilayotgan loyihalar va boshqalar haqidagi batafsil ma’lumotlar Kuvayt tomoniga yetkazildi.

Uchrashuvda Toshkent viloyatida onkologik kasalliklarni erta aniqlash bilan bog‘liq diagnostika markazini qurish, shuningdek, bu sohada malakali kadrlarni tayyorlash uchun tibbiyot muassasasini barpo etish, uy-joy, savdo, xizmat ko‘rsatish obektlarini qurish loyihalarini amalga oshirish xususida fikr almashildi.

Muzokaralar yakunida o‘zaro hamkorlikning aniq yo‘nalishlari va unga investitsiyalar kiritish bo‘yicha dastlabki kelishuvlarga erishildi.

Mavzuga oid