Rossiya qabristonlarni kengaytirish uchun davlat xarajatlarini uch baravar oshirdi
The Moscow Times gazetasi hisob-kitoblariga ko‘ra, Ukrainadagi urushning dastlabki ikki yilida qabristonlarni kengaytirishga koviddan oldingi ikki yilga qaraganda deyarli uch baravar ko‘p pul sarflandi.
The Moscow Times nashri e’tiborini tortgan rasmiy davlat xaridlari portali ma’lumotlariga ko‘ra, 2023 yilda Rossiya hududlari qabristonlarni kengaytirish uchun 225 million rubldan ko‘proq mablag‘ sarfladi - bu 2022 yilga nisbatan ikki baravar va 2020 yilga nisbatan deyarli olti baravar ko‘pdir.
Urushdan oldingi yillar Rossiyaga Ikkinchi jahon urushidan beri rekord darajadagi o‘lim ko‘rsatkichini keltirdi: koronavirus pandemiyasi davrida, 2020-2021 yillarda o‘lim soni 35 foizga oshdi. Rasmiy ravishda 680 ming kishi COVID-19’dan vafot etdi, norasmiy hisob-kitoblarga ko‘ra - milliondan ortiq.
Ammo pandemiyaning ikki yili davomida qabristonlarni kengaytirish uchun urush ikki yilidagiga qaraganda ikki baravar kam pul sarflangan. Demograf Yan Bride bunga sabab sifatida Ukrainadagi urushni keltirdi. «Kovid effekti o‘tdi» va «yoshlar orasida o‘limlarning ko‘payishi ham yangi hududlarni yaratish uchun dafn marosimiga bo‘lgan talabning ortishiga olib keldi», deydi Bride The Moscow Times gazetasiga bergan intervyusida.
Xanti-Mansiysk - qabristonlarni kengaytirish xarajatlar bo‘yicha yetakchi
Xanti-Mansiysk avtonom okrugi urush vaqtida qabristonlarni kengaytirish uchun eng ko‘p mablag‘ sarfladi - 262 million rubldan ortiq. Shu bilan birga, Rosstat ma’lumotlariga ko‘ra, mintaqada o‘lim darajasi pasaymoqda: 2023 yilda o‘lim soni taxminan 4 foizga kamaydi. Qolgan mintaqalar bir necha baravar kam sarfladi: Ulyanovsk viloyati - 37 million rubldan ortiq, Sverdlovsk - 31 million rubldan ortiq, Irkutsk - 15,7 million rubl, Yamal-Nenets avtonom okrugi - 15,3 million rubl.
Jurnalistlarning hisob-kitoblariga ko‘ra, eng kam mablag‘ Lipetsk viloyati (170 ming rubl), Udmurtiya (273 ming rubl), Baykalorti (356 ming rubl), Perm o‘lkasi (542 ming rubl) va Buryatiya (602 ming rubl) qabristonlariga sarflangan. Bundan tashqari, BBC va «Mediazona» tomonidan olib borilgan surishtiruvga ko‘ra, aynan Buryatiyada 1500 ga yaqin askar va zobitlar dafn etilgan.
Ukrainaga qarshi urushda Rossiya yo‘qotishlari haqida ishonchli ma’lumotlar yo‘q
Rasmiy statistik ma’lumotlar Ukrainadagi urush tufayli o‘lim holatlari soni ortganini ko‘rsatmaydi. Bu o‘lim shaxsning yashash joyida ham, vafot etgan joyida ham, masalan, Ukraina egallab olingan hududlarida qayd etilishi mumkinligi bilan izohlanadi. Shu bilan birga, Rosstat egallab olingan hududlarda o‘lim ko‘rsatkichlari bo‘yicha ma’lumotlarni e’lon qilmaydi. Rosstat ma’lumotlariga ko‘ra, o‘limlar soni 2022 yilda 22 foizga, 2023 yilda esa yana 7,6 foizga kamaydi. Faqat 2024 yilda o‘lim miqdori ko‘tarila boshladi - yanvar-aprelda 4,5 foizga yoki 27 ming kishiga.
Ayni paytda, Ukrainada halok bo‘lgan askarlar soni bo‘yicha mustaqil hisob-kitoblar biroz boshqacha ko‘rinishga ega. Xususan, «Meduza» nashri meros ishlari reyestrini tahlil qilib, ularning sonini 120 mingtaga baholadi. BBC va «Mediazona» jurnalistlari Ukrainada halok bo‘lgan 58 mingdan ortiq rossiyalik askarning ismlarini aniqladi. «Vajnyye istorii» nashri yo‘qotishlar ko‘lamini ortiqcha o‘limga qarab baholadi va bu raqamni 71 ming deb atagan.
Britaniya Mudofaa vazirligi razvedka ma’lumotlariga tayanib, Rossiyaning 2024 yil may va iyun oylarida yo‘qotishlari 70 mingdan ortiq kishini tashkil etishi mumkinligini bildirdi. Britaniya Mudofaa vazirligi butun urush davomidagi umumiy yo‘qotishlarni 450 ming kishiga baholadi. AQSh Markaziy razvedka boshqarmasi boshlig‘i Uilyam Berns yanvar oyida 315 ming rossiyalik harbiy halok bo‘lgani haqida gapirdi, Germaniya kansleri Olaf Shols esa Rossiya Ukrainada har oy 24 ming askarini yo‘qotayotganini aytdi.
Ukraina qurolli kuchlarining bu vaqt ichida yo‘qotishlari haqida ham rasmiy ma’lumotlar yo‘q. 2024 yil fevralida Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy ilk bor 31 ming ukrainalik askar halok bo‘lganini e’lon qilgan edi.
Mavzuga oid
21:00 / 07.10.2024
Ramzon Qodirov migratsiya siyosatida «o‘rta asr yondashuvlaridan» voz kechishga chaqirdi
20:07 / 07.10.2024
Rossiyada sakkiz nafar general lavozimdan olindi - OAV
20:51 / 04.10.2024
Rossiya «Tolibon»ni terrorchilar ro‘yxatidan chiqarish bo‘yicha ishlarni yakunlamoqda - FXX rahbari
18:42 / 04.10.2024