1 mlrd so‘mlik sintetik giyohvand moddalarni saqlab kelgan shaxs qo‘lga olindi
22 yoshli shaxs mazkur sintetik vositani bo‘laklarga bo‘lib, kontaksiz manzil (“zakladka”) orqali sotishni rejalashtirgan.
Toshkent viloyati IIBB va DXX xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda 1 milliard so‘mlik sintetik giyohvandlik vositasini tarqatish (sotish) maqsadida saqlab kelayotgan shaxs qo‘lga olindi.
2002 yilda tug‘ilgan shaxs (A.T.) o‘zining Tracker avtomashinasida og‘irligi 1 kg 433 gr bo‘lgan “mefedron” sintetik giyohvandlik vositasini sotish maqsadida saqlab kelayotganligi aniqlanib, daliliy ashyo bilan ushlandi.
22 yoshli shaxs mazkur sintetik vositani bo‘laklarga bo‘lib, kontaksiz manzil (“zakladka”) orqali sotishni rejalashtirgan.
Holat yuzasidan Jinoyat kodeksi 273-moddasi (giyohvandlik vositalari, ularning analoglari yoki psixotrop moddalarni o‘tkazish maqsadini ko‘zlab qonunga xilof ravishda tayyorlash, olish, saqlash va boshqa harakatlar qilish, shuningdek, ularni qonunga xilof ravishda o‘tkazish) 5-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Mavzuga oid
13:14 / 12.09.2024
Toshkent viloyatidan yana 14 ta mahalla qisman Yangi Toshkent hududiga o‘tkazilmoqda
11:45 / 12.09.2024
Alimentda rekord: ayol 3 nafar farzandi ta’minoti uchun sobiq eriga 1,7 mlrd so‘m to‘ladi
15:48 / 10.09.2024
Toshkent viloyatidagi bo‘yoq zavodida yong‘in chiqdi
10:36 / 06.09.2024