Jahon | 19:15 / 27.07.2024
15918
2 daqiqa o‘qiladi

Rossiya IIV podpolkovnigi Moskva viloyatini migrantlardan «oqartirish» vazifasi haqida gapirdi

Migratsiya masalalariga bag‘ishlangan yig‘ilishda chet elliklar Moskva viloyatini «qoraytirayotgani» aytilgan.

Foto: Sergey Pivovarov/RIA Novosti

Rossiya Ichki ishlar vazirligining Moskva viloyati bo‘yicha Bosh boshqarmasi boshlig‘i Viktor Paukov «Moskva viloyati chet elliklar bilan «qorayib» qolmasligi uchun uni «oqartirish» vazifasini qo‘ydi. Bu haqda Dolgoprudniy shahri meri ishtirokida noqonuniy migratsiya mavzusi muhokama qilingan hay’at yig‘ilishida aytib o‘tildi.

IIV viloyat boshqarmasi boshlig‘ining so‘zlarini podpolkovnik unvoniga ega bo‘lgan politsiya vakili keltirgan, uning ismi-sharifi aytilmagan.

Uning so‘zlariga ko‘ra, dushanba kuni viloyat boshqarmasining kengaytirilgan hay’ati yig‘ilishi bo‘lib o‘tgan, unda Paukov «bu soha»ga alohida to‘xtalib, u prezident va Ichki ishlar vazirligi rahbari nazoratida ekanligini ta’kidlagan.

«Ta’kidlanganidek, asosiy vazifa, u aytganidek, xorijlik fuqarolar tomonidan, ta’bir joiz bo‘lsa, Moskva viloyati «qorayib» qolmasligi uchun uni «oqartirish»dir. Bu keyingi olti oy uchun belgilangan asosiy vazifadir», dedi IIV vakili.

Avvalroq, 2024 yilning birinchi yarmida Moskva sudlari migrantlar ma’muriy huquqbuzarliklari bo‘yicha 27 mingga yaqin qaror chiqardi haqida xabar berildi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, sudlar 3 iyundan 9 iyungacha bo‘lgan davrda 2336 ta ish bo‘yicha maksimal darajada ko‘p qaror chiqargan, bu «Krokus Siti Xoll»dagi teraktdan keyingi haftadagi qarorlardan deyarli 1,5 baravar ko‘p (1441 ta qaror).

Mavzuga oid