Jahon | 21:01 / 29.07.2024
3665
2 daqiqa o‘qiladi

Aviakompaniyalar Isroil va «Hizbulloh» o‘rtasidagi ehtimoliy urush tufayli Livanga parvozlarni bekor qilmoqda

AQSh Davlat departamenti Livanga sayohatlarni qayta ko‘rib chiqishga chaqirdi.

Foto: AFP/Getty Images

Aviakompaniyalar Isroil va Livandagi «Hizbulloh» guruhi o‘rtasida keng ko‘lamli urush boshlanishidan xavotirlanib, 29 iyuldan Bayrutga parvozlarni to‘xtatmoqda, deb xabar berdi Politico.

Germaniyaning Lufthansa aviakompaniyasi Livan poytaxti Bayrutga «ehtiyotkorlik» tufayli beshta yo‘nalishni 5 avgustgacha to‘xtatib qo‘ydi. Shuningdek, Swiss International Airlines i Eurowings ham shunday choralarni ko‘rgan.

Shu bilan birga, Turkish Airlines, Gretsiyaning Aegean Airlines, Ethiopian Air va Livanning Middle East Airlines aviakompaniyalari ham 28-29 iyul kunlari Bayrutga parvozlarini bekor qildi.

28 iyul kuni AQSh Davlat departamenti ba’zi aviakompaniyalar keskinlik kuchayib borayotganiga javoban «Livandagi parvozlar jadvalini maqbullashtirayotgani» yoki «parvoz rejalariga vaqtinchalik o‘zgartirishlar kiritishni ko‘rib chiqayotgani»ni ma’lum qilib, Livanga sayohatlarni qayta ko‘rib chiqishga chaqirgan edi.

27 iyul kuni Jo‘lan tepaliklariga berilgan zarba oqibatida isroillik 12 nafar bola va o‘smir halok bo‘ldi, yana o‘nlab odamlar jarohatlandi. Isroil hujumda Livanning «Hizbulloh» guruhini aybladi.

Shundan so‘ng, Isroil Livan hududiga havo zarbalarini berdi. Xususan, mamlakat harbiy-havo kuchlari «Hizbulloh» obektlarini o‘qqa tutdi.

Mavzuga oid