Germaniyaning eng yirik kimyo zavodida portlash yuz berdi
Lyudvigshafenda joylashgan zavoddagi hodisada 14 kishi yengil tan jarohati olgani va yong‘in o‘chirilgani ta’kidlanmoqda.
Germaniyaning BASF neft-kimyo kompaniyasiga qarashli eng yirik zavodda portlash yuz berdi. Bu haqda konsern bayonotiga tayanib Bild xabar berdi.
Portlash mahalliy vaqt bilan soat 12:43 da sodir bo‘lgan, keyin yong‘in chiqqan. Aholi yoqimsiz hidlar tarqalishi va ko‘z og‘rig‘i paydo bo‘lishi mumkinligi haqida ogohlantirilgan. Voqea joyiga yaqin bo‘lgan fuqarolar ventilyator va konditsionerlarni o‘chirib, deraza va eshiklarni yopiq saqlashga chaqirilgan.
Lyudvigshafenda joylashgan zavoddagi hodisada 14 kishi yengil tan jarohati olgani va yong‘in o‘chirilgani ta’kidlanmoqda. Yong‘in sabablari noma’lum.
Mavzuga oid
18:58 / 14.11.2024
Germaniya O‘zbekistonga «yashil» iqtisodiyot uchun yana 3 mln yevro grant ajratadi
14:00 / 14.11.2024
XDI rahbari Mers Germaniya siyosatini tubdan o‘zgartirishni talab qilmoqda
11:47 / 14.11.2024
O‘zbekiston davlat xizmatchilari Germaniyada malaka oshiradi
20:26 / 12.11.2024