31 iyul kuni uchun ob-havo prognozi e’lon qilindi
«O‘zgidromet» 31 iyul, chorshanba kuni kuzatiladigan ob-havo to‘g‘risida ma’lumot berdi.
Toshkent shahri. Havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 3-8 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi +23...+25 daraja, kunduzi +38...+40 daraja bo‘ladi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi. Xorazm viloyati. Havo biroz bulutli, ba’zi joylarda o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi +19...+24 daraja, kunduzi +34...+39 daraja bo‘ladi.
Buxoro va Navoiy viloyatlari. Havo biroz bulutli, ba’zi joylarda o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda ba’zida chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi +22...+27 daraja, kunduzi +36...+41 daraja bo‘ladi.
Toshkent, Sirdaryo, Jizzax, Samarqand viloyatlari. Havo biroz bulutli, ba’zi joylarda o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi +20...+25 daraja, kunduzi +36...+41 daraja bo‘ladi.
Qashqadaryo, Surxondaryo viloyati. Havo biroz bulutli, ba’zi joylarda o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar bilan kuzatiladi. Harorat kechasi +24...+29 daraja, kunduzi +37...+42 daraja, ba’zi joylarda +44 darajagacha bo‘ladi.
Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlari. Havo biroz bulutli, ba’zi joylarda o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi +20...+25 daraja, kunduzi +34...+39 daraja bo‘ladi.
Respublikaning tog‘li hududlari. Havo biroz bulutli, ba’zi joylarda o‘zgaruvchan bo‘ladi, Toshkent viloyati va Farg‘ona vodiysi viloyatlarida ayrim joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi +16...+21 daraja, kunduzi +28...+33 daraja bo‘ladi.
Mavzuga oid
11:46 / 14.11.2024
15 noyabr kuni ayrim hududlarda harorat 17 darajagacha ko‘tariladi
10:27 / 13.11.2024
14 noyabr kuni yog‘ingarchilik kutilmaydi, tuman tushishi mumkin
10:23 / 12.11.2024
13 noyabr kuni vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi
15:45 / 11.11.2024