Eron HAMAS yetakchisining yo‘q qilinishiga javoban Isroilga qarshi «maxsus operatsiya» boshlaydi
Ushbu «maxsus operatsiya» qanday bo‘lishi hozircha noma’lum.
Eron HAMAS yetakchisi Ismoil Honiyaning o‘ldirilishiga qasos sifatida Isroilga qarshi «maxsus operatsiya» o‘tkazadi. Bu haqda Eronning BMTdagi vakili Said Iravoniy ma’lum qildi, deb xabar berdi Iran Observer.
«Qotillikka javoban jinoyatchida chuqur pushaymonlikni uyg‘otishga qaratilgan yanada keskinroq maxsus operatsiya bo‘ladi», dedi Iravoniy.
Reuters xabariga ko‘ra, Eron oliy rahbari Ali Xomanaiy Isroil «o‘zini shafqatsiz jazolashga» asos topib berganini va Eron poytaxtida sodir bo‘lgan HAMAS yetakchisining o‘limi uchun qasos olish Tehronning zimmasida ekanini aytgan. Qayd qilinishicha, Eronning xavfsizlik bo‘yicha yuqori organi Honiya o‘limiga javob strategiyasini aniqlash uchun yig‘ilgan.
Falastindagi HAMAS guruhining siyosiy qanoti yetakchisi Ismoil Honiya 31 iyul kuni ertalab Tehrondagi qarorgohida o‘ldirildi. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, uning uyiga samolyotdan raketa bilan zarba berildi. Eron bu hujumda Isroilni aybladi. O‘z navbatida, Isroil armiyasi Honiyaning o‘limi bilan bog‘liq vaziyatga izoh berishdan bosh tortdi.
Mavzuga oid
00:51
Pizishkiyon: Eron yadro qurolini yaratmaydi
08:08 / 14.11.2024
Borrel YeIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
20:47 / 12.11.2024
“Falastinlik bolalar va ayollarni beg‘araz davolashga tayyormiz” - Shavkat Mirziyoyev
16:38 / 12.11.2024